7-mavzu: media maydon tuzilishi va ta`siri. Reja: Axborotlashgan jamiyat va media maydon tushunchasi



Yüklə 293,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix17.10.2023
ölçüsü293,2 Kb.
#156745
1   2   3   4   5   6   7   8   9
7-mavzu media maydon tuzilishi va ta`siri. Reja Axborotlashgan (1)

Internet va Intranet 
Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global 
kompyuter tarmog`idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) 
kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborotlashgan tizim bo`lib, o`zining alohida axborot 
maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqqa 
kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. 
O`zining kompyuteri orqali internetning har bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot 
uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqishi, 
Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishishi
xalqaro 
anjumanlarda ishtirok etishi
, bank muammolalarini amalga oshirishi va hatto boshqa 
mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan kompyuter o`yinlarini o`ynashi 
mumkin. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot 
tufayli butun jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona axborotlashgan 
muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo`lsak, 
internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma'lumotlar almashish, virtual muloqot 
qilish imkonini yaratib beruvchi "axborotlashgan magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan esa 
unda mavjud bo`lgan ma'lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. 
Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil 
etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Unga asosan 
internetga bog`lanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositasini shaxsiy kompyuterlar 
tashkil etadi. Uning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga mikrofon, videokamera, ovoz 
chiqargich (audiokolonka) va boshqa qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Internet xizmati 
"internet provayderlari" yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari 
sifatida telefon tarmog`i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish 
mumkin. Internet tarmog`ining asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o`zaro 
bog`lovchi lokal tarmoqlardir.
 
Internet alohida kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini 
o`zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar biron-bir mahalliy tarmoq bevosita internetga 
ulangan bo`lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi internetga ulanishi mumkin. 
Shuningdek, internetga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud. Ularni xost-
kompyuterlar (host - rahbar) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter 
takrorlanmaydigan raqamli o`z adresiga ega va uning yordamida jahonning istalgan nuqtasidagi 
istalgan mijoz uni topa olishi mumkin. 

Yüklə 293,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin