2001 – Fayl almashish xizmati ommaviylashib ketdi.
2004 – on line o`yinlar ommaviylashib ketdi. World of Warcraft ga obuna bo`lganlar soni
12 mlndan oshdi.
2005 – Web 2.0 texnologiyalari ommaviy tarzda qo`llana boshlandi. Butun olam to`rining
qiyofasi o`zgardi. You Tube va Wikipedia saytlari mashhur bo`lib ketdi.
2007 – Mobil internet ommaviylashdi. Apple iPhone ommaviy ravishda sotila boshladi.
2008 – Facebook portali o`zining egasi: 20 yoshli talabaga 6 milliard daromad keltirdi.
2010 –IPv4 resurslari tugadi va Internet2, IPv6 uning o`rnini egallab, Internetning rasmiy
protokoli deb e'lon qilindi.
1969 yilda AQSh mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligiga mamlakatdagi
barcha harbiy muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish
topshirilgan edi.
Bu tarmoq harbiy mutaxasislarga axborot almashishga yordam ko`rsatishga
mo`ljallangan edi. Uni yaratishda foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa
kompyuterlardagi dasturlarni ishlatish (ulardan foydalanish), fayl va habarlarni yelektron aloqa
orqali uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, tizimni ishlab chiqaruvchilar oldiga
ishonchli ayrim kompyuter yoki aloqa kanallari ishlab chiqganda ham o`sish qobiliyatini saqlab
qoluvchi, «o`ta chidamli» tarmoqni yaratish masalasi qo`yilgan edi. Internet bu XX asrda kashf
etilgan telekommunikatsion va kompyuter tarmoqlar majmuidir. Uning tarixi 1960 yillaridagi
Karib
majorasidan sung, AQShning ilmiy markazlaridan biri bo`lgan RAND CORPARATION
korxonasi birinchi marta butun mamlakatni qamrab oladigan markazlashmangan kompyuter
tarmog`ini yaratishni taklif qilgandan boshlanadi. Bu loyixani amalaga oshirishdan maqsad
harbiy muassasalar, ilmiy va uquv markazlari kompyuterlarni
bir tarmoqqa birlashtirib
,
boshqarishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli xujumiga ham,
tarmoqning bir necha
qismi ishdan chiqqan holda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan sistemani yaratish edi.
Bunday sistemani tarmoqlar soni ko`p bo`lgandagina amalga oshirsa bular edi. Shunday
qilib Internetga asos solindi. 1964- yili 4 tarmoqdan iborat AQSh ning eng nufuzli tekshirish
institutlarida joylashgan ARPANET tarmog`i yaratildi. Boshida olimlarning tadqiqot ishlarida
foydalanilgan tarmoq, keyinchalik ularning safsata sotishning kompyuterlashgan zanjiriga
aylanadi. Ammo shunday tarmoq yaratishning uzi katta muvaffaqiyat edi. 70-yillarda tarmoq
ancha usdi. Endi tarmoqning tuzilishi unga xohlagan kompyuterlarni ulash imkoniyatini berdi.
Keyinchalik 1974-yilda tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protokoli tuzildi va tarmoqning
rivojlanishiga turtki bo`ldi. Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo
bo`ldi. 1983-yilda ARPANET-INTERNET deb
atala boshlandi va juda kuchli, bir-biri bilan
bog`langan kompyuterlar va tarmoqlar to’plamidan iborat sistemasiga aylandi. 1980-yillar
INTERNETning keskin usish davri bo`ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish
tarmog`i bilan bog`lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari
AQSh tarmog`iga ulanishga rozi bo`lishdi. INTERNET ning butun dunyoni qamrab olishi
quyidagi tarmoqlarning qo’shilishi hisobiga bo`ldi. NSFNET - AQShning ilmiy-tadqiqot
institutlarini,
korporatsiya
va
hukumat
idoralarini
birlashtiruvchi
tarmoq.
(1980
yil) EUNET (Europe Union Network) - Evropaning UNIX operatsion sitemasida va UUCP
hamda TCP/IP da ishlaydigan mashinalari tarmog`i. Markazi Amsterdam shaxrida. (1982
yil) EARN (European Academic Research Network)- Evropaning o’quv, ilmiy-tekshirish va
tadqiqot muassasalarining tarmog`i (1983 yil) JUNET - Yaponiyaning
UNIX mashinalari
tarmog`i (1984 yil) JANET - Buyuk Britaniyaning birlashgan akademik tarmog`i (1984 yil).
Shulardan NSFNETni - Internet Blackbone yoki "internetning asosi" deb atashadi. Tashkil
etilgan vaqtda 1980 yilda u 56 Kbit-s tezligida axborot uzata olish qobiliyatiga ega edi. 1988
yilda esa unin tezligi 1,544 Mbit-s oshdi. 1991-yili NSFNET tarmog`i takommilashtirildi va
uzatish tezligi 44.736 Mbit-s ga etdi. Internetga ulangan kompyuterlar soni 1987 yilda 10
000 bo`lsa, 1989 yilda 100 000 taga etdi, 1995 yilda esa 6,5 million deb hisoblangan. Hozirgi
kunda esa dunyoning 150 dan ortik mamlakatida 100 milionlab kompyuterlar Internetga ulangan
bo`lib, har oyda tarmoq abonentlar mikdori 7-10% ortib bormoqda. Internet dagi kompyuterlar
aksariyati AQSh da joylashgan. 90- yillar INTERNET da xizmat tarmoqlari tashkil qilingan davr
bo`ldi. 1990 yili Bill Xilan, Elan Emtidj va Piter Deych ARCHIE programmasini ishlab
chiqishdi. 1991 yili Bryuster Kaale WAIS programmasini tuzdi, Minnesota
universitetida Pol
Lindner va Mark Mak-Kayl tomonidan Gopher programmasi tuzildi. 1992 yilda Nevada shtati
universitetida yaratilgan Veronica sistemasi ishga tushirildi va shu sababli tarmoqdagi
kompyuterlar soni milliondan oshib ketadi. Ammo Internetning 90-yillardagi rivojlanishiga
asosiy sabab World Wide Web (Butun Dunyo Tarmog`i) ning tuzilishi bo`ldi. Uni birinchi
nusxasini 1990 yilining noyabrida CERN (Evropa atomni tekshirish markazi) xodimi Tim Berns-
Li yaratdi, lekin 1992 yilgachi ishga tushirilmadi. 1993 yilda NCSA (National Center
for
Supercomputer Applications
, Superkompyuterli Hisoblash Milliy Markazi)
tomonidan Mosaic
programmasi ishlab chiqarildi va shu yil oxiriga 200 ta WWW server ishga tushirilib WWW
bo`yicha axborot oqimi 1% ni tashkil qilgan. Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart
asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog`idir. Uning nomi ikki xil talqin
qilinadi, ya'ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks”
«tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni
birlashtiruvchi axborot tizimi bo`lib, o`zining alohida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual
to`plamdan tashkil topadi. Internet tarmoqg`i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o`zaro
ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog`ining har bir mijozi o`zining
shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan,
Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten
muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishish,
xalqaro anjumanlarda
ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat
qiluvchi Internet tarmog`i mijozlari bilan shaxmat o`ynash mumkin. Global tarmoq tushunchasi.
Internet tarmog`ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o`zaro
bog`lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog`i – bu global tarmoq vakili hisoblanadi. Internet
alohida kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o`zaro
birlashtirish imkonini ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq
bevosita internetga ulangan
bo`lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan
foydalanish mumkin. Shuningdek, Internet tarmog`iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar
ham mavjud bo`lib, ularni xost kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi.
Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o`z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan
nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin. Internet alohida
kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o`zaro
birlashtirish imkonini ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan
bo`lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan
foydalanish mumkin. Shuningdek, Internet tarmog`iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar
ham mavjud bo`lib, ularni xost kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi.
Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o`z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan
nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin. Internet va WWW bir xil
emas. Internet butun dunyo kompyuterlar tarmoqlarining tuplamini belgilaydi va turli xil
kompyuter xizmatlarini ko`rsatadi. Bu - E-mail elektron pochta, Usenet telekonfirentsiyalari,
FTP ma'lumot
fayillarini uzatish sistemasi
, Telenet uzoqdan terminalga kirish sistemasi, Gopher
sistemasi va Butun Dunyo Tarmog`i- WWW. Demak WWW Internetning faqatgina bir qismidir.
Lekin u juda tez rivojlanmoqda. WWW - Internet ning ommabop xizmat turidir. Unga
ulanish
uchun kompyuter bilan modem etarlidir. Shuning uchun Butun dunyo tarmog`i butun olam
axborotlar ombori-kutubxonaga aylanib koladi va u dunyoga yoyiladi. WWW da ma'lumotlar
saxifalarda joylashadi. WWW saxifalarning soni oxirgi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu
saxifalarning egasi kim? Ular yirik korporatsiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va
maktablar, tashkilotlar, jurnal va ruznomalar yoki oddiy shaxslardir. Bu saxifalarda turli-tuman
ma'lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarqalishning eng qulay
usulidir. U unga kiruvchi va ulangan barcha kompyuterlarning o’zaro ma'lumotlar almashish
imkoniyatini yaratib beradi.
Dostları ilə paylaş: