01-03/4248
28.11.2023-yil
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim
institutlari mavjud ilmiy va taʼlim
tashkilotlarga
(
roʻyxat boʻyicha
)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi
304-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarish
maqsadida quyidagilarni amalga oshirishingiz maqsadga muvofiq:
birinchidan
, 2024-yil 1-chorak uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch
doktorantura, doktorantura, maqsadli doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka
kirish imtihonlarini
2023-yilning 30-noyabrga qadar
oʻtkazish;
ikkinchidan,
kirish imtihonlari natijalarini Yagona elektron tizimiga
(phd.mininnovation.uz)
joriy yilning 30-noyabrga qadar
kiritish;
uchinchidan,
akkreditatsiyadan oʻtgan ixtisosliklar boʻyicha oliy taʼlimdan
keyingi taʼlim institutlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga asosan taqsimlangan
qabul kvotalaridan ortib qolgan oʻrinlarni qayta taqsimot qilishga va/yoki
qoʻshimcha kvota boʻyicha takliflarni
joriy yilning 2-dekabrga qadar
oʻrnatilgan
tartibda ilovada berilgan namuna asosida Innovatsion rivojlanish agentligiga
yuborish;
toʻrtinchidan,
izlanuvchilarga davlat budjeti xarajatlar parametrlarida
belgilangan tartibda taʼlim muassasasi uchun – “Taʼlim” sohasi boʻyicha va ilmiy
tashkilot uchun – “Fan” sohasi boʻyicha zarur mablagʻlar ajratilishni nazarda
tutishi belgilanganligi bois 2022-2024-yillarda (1-3-kurs) tayanch doktorantura,
doktorantura hamda maqsadli doktoranturaga oʻqishga qabul qilinganlarni
joriy
yilning 15-dekabrga qadar
oʻrnatilgan tartibda ilovada berilgan namuna asosida
Innovatsion rivojlanish agentligiga yuborish;
beshinchidan,
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2021-yil
19-maydagi PQ-5117-son qarorida 2022/2023 oʻquv yilidan oliy taʼlimdan keyingi
taʼlim ixtisosliklari uchun oʻtkaziladigan tanlovlarda
milliy yoki tegishli xalqaro
sertifikatga
ega izlanuvchilar ishtirok etishi tartibini joriy qilish belgilangan.
Bunda, filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1 darajadagi, nofilologik
yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro
sertifikat talab etilishi nazarda tutilishi keltirilgan.
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: CK81867231
Hukumatning 2017-yil 22-maydagi 304-son qarorida oliy taʼlimdan keyingi
taʼlim ixtisosliklari uchun oʻtkaziladigan tanlovlar davlat budjeti mablagʻlari
hisobidan ajratilgan qabul kvotalari doirasidagi taʼlim turlarida (tayanch
doktorantura, doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura va maqsadli
doktorantura) kirish imtihonlari yaʼni tanlovlar oʻtkazilishi koʻrsatib oʻtilgan. Shu
munosabat bilan, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining tanlovlar
oʻtkazilmaydigan
shakllariga
(mustaqil
izlanuvchilik)
hujjat
topshirishda
talabgorlardan
milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat
talab
etilmasligi belgilab oʻtilsin.
Ilova ___v.
Direktor
O.Toʻychiyev
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: CK81867231
Ijrochi: B.Pirmatov
Tel.: 71 203 32 23 (244)
Dostları ilə paylaş: |