7-mavzu media maydon tuzilishi va ta`siri. Reja Axborotlashgan (1)
Internet va Intranet Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global
kompyuter tarmog`idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal)
kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborotlashgan tizim bo`lib, o`zining alohida axborot
maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqqa
kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi.
O`zining kompyuteri orqali internetning har bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot
uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqishi,
Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishishi,
xalqaro
anjumanlarda ishtirok etishi
, bank muammolalarini amalga oshirishi va hatto boshqa
mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan kompyuter o`yinlarini o`ynashi
mumkin. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot
tufayli butun jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona axborotlashgan
muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo`lsak,
internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma'lumotlar almashish, virtual muloqot
qilish imkonini yaratib beruvchi "axborotlashgan magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan esa
unda mavjud bo`lgan ma'lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi.
Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil
etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Unga asosan
internetga bog`lanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositasini shaxsiy kompyuterlar
tashkil etadi. Uning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga mikrofon, videokamera, ovoz
chiqargich (audiokolonka) va boshqa qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Internet xizmati
"internet provayderlari" yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari
sifatida telefon tarmog`i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish
mumkin. Internet tarmog`ining asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o`zaro
bog`lovchi lokal tarmoqlardir.
Internet alohida kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini
o`zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar biron-bir mahalliy tarmoq bevosita internetga
ulangan bo`lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi internetga ulanishi mumkin.
Shuningdek, internetga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud. Ularni xost-
kompyuterlar (host - rahbar) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter
takrorlanmaydigan raqamli o`z adresiga ega va uning yordamida jahonning istalgan nuqtasidagi
istalgan mijoz uni topa olishi mumkin.