Bu yerda Internetning paydo bo`lish tarixiga qisqacha to`xtalib o`tamiz. 1838 – birinchi telegraf yaratildi. 1943 – birinchi kompyuter yaratildi. 1957 – birinchi sun'iy yo`ldosh uchirildi. 1958 – ARPA – (Advanced Research Projects Agency) ilg`or izlanishlar agentligi tuzildi. 1962 – Intergalactic Network – Galaktikalararo tarmoq loyihasi boshlandi. Maqsad dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan ma'lumotlarni ola bilish. 1969 – ARPA net – 4 ta kompyuterni birlashtiruvchi tarmoq ishga tushdi. 1971 – tarmoqda 14 ta kompyuter. FTP – File Transmission Protocol (fayl uzatish protokoli) qabul qilindi. 1972 – Larry Roberts tomonidan elektron pochta uchun birinchi dastur yaratildi. 70 yillar – ko`plab kompyuter tarmoqlari paydo bo`ldi. 1974 – Tarmoqdagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog`lash uchun TCP – Transmission Control Protocol taklif qilindi. Bu protokolni taklif qilgan Virt Cerf va Bob Kahn lar keyinchalik internet otalari deb nom oldilar. 1978 – IPv4 protokoli qabul qilindi. 1982 – ARPA net ikkiga bo`lindi. Milnet (Military net – harbiy tarmoq) va Internet (tarmoqlararo tarmoq). 1983 – TCP/IP – Transmission Control Protocol/Internet Protocol tarmoqlar orasida ma'lumotlarni almashish protokoli Internet uchun asos qilib olindi. 1984 – Internetda domenlarni nomlash tizimi (Domain Name System) joriy qilindi. 1986 – Tezligi 56 kbG`s bo`lgan birinchi internet magistrali ishga tushdi. 1988 – finlyandiyalik talaba Yarko Oykarinen internet orqali chat sug`batlari g`oyasini taklif qildi. 1990 – Birinchi xususiy Internet provayderi ish boshladi. 1991– Tim Berners-Lee tomonidan World Wide Web (butun olam to`ri)ga asos solindi. Internet hozirgi ko`rinishga ega bo`ldi.