7-mavzu. Menejment jarayonida qaror



Yüklə 20,12 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü20,12 Kb.
#169206
  1   2   3   4
7-mavzu. Menejment jarayonida qaror-fayllar.org


7-mavzu. Menejment jarayonida qaror

7-mavzu. Menejment jarayonida qaror
1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularning tasnifi.
2. Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar.
3. Boshqaruv qarorlarini tayyorlash jarayoni va qabul qilish
4. Boshqaruv qarorlarini (optimizatsiyalash) usullari va ularni bajarilishini tashkil etish.
Boshqaruv faoliyatining samaradorligi ko‘pincha qabul kilinayotgan qarorlarga bog`lik korxonadagi butun savol va muammolar zanjiri ularning aniq echimi va boshqaruvchiga yuklangan, ishlab chiqarish, texnik, ijtimoiy, iqtisodiy, marketing va huquqiy vazifalar qarorlarni tug`ri qabul qilish va o‘z vaqtida bajarilishiga bog`lik. Echilayotgan muammolarning hammasi har-qandayboshqaruvchi tomonidan hisobga olinadi va bu narsa uning boshqaruv uslubida hamda butun boshqaruv jarayonida aks etadi.

Iqtisodiyotni boshqarishdagi echimlarning mohiyati ko‘pgina ob’ektiv omillarga bog`lik. Ulardan eng asosiysi - ishlab chiqarish vositalariga turli mulkchilik; ishlab chiqarish va mehnatni chuqur taqsimlanishi va ixtisoslashuviga; mehnat va material texnik resurslarni boshqarish; sohalararo, ishlab chiqarishlararo aloqalarni kengayishi; Kushma korxona tuzish; marketingni amalda qo‘llash; korxona va ohalarni tashqi iqtisodiy aloqalarga chiqish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi tavakkalchiliklar.


Boshqaruv qarori - keng ma’noda jamiyatdagi moddiy va ma’naviy extiyojlarning real kondirilish imkoniyatlari bilan bir nuktada kesishuvi halk xujaligidagi bir nuktada kesishuvi. Halk xujaligidagi bu muammoning echimi mavjud qonunlar, farmonlarning bizga bog`lik bo‘lmagan qonuniyatlarning bizga bog`lik bo‘lmagan qonuniyatlarning bir-biriga muvofiq kelishishidir. Boshqaruv qarori - shuningdek korxona oldida turgan maqsadlar va missiyasini amalga oshirish demaqdir. Aynan shu jarayonda yuzlab, minglab insonlar o‘z extiyojlarini kondiradi, mavqega ega bo‘ladi, har tomonlama usadi va umuman jamiyat usadi.
Qarorlarni ishlab chiqarish va amalda qo‘llash rahbarning keyingi faoliyatidagi siljishlariga bog`lik. Bitta muammo bo‘yicha bir necha qarorlar ishlab chiqiladi va ulardan bittasi amalda qo‘llaniladi. Bu qarorlar tasnifi muxim nazariy va xayotiy ahamiyatga ega.
Boshqaruv faoliyatining samaradorligi nuqtai nazaridan qarorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: strategik va operativ.
Strategik qaror - bu korxonaning faoliyati bilan bog`lik bo‘lgan maqsad va missiyalarning shakllanishi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bu qarorlar korxonaning faoliyatidagi yangicha yondashuvlar, keskin burilishlarni sillik o‘tishini ta’minlaydi. Strategik qarorlar korxona, hudud, soxa darajasida qarorlar jamiyatdagi yangi manbaalar hisobiga butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni echishga yordam beradi.
Operativ qarorlar bu mohiyati bo‘yicha xo‘jalik boshqaruv qarorlaridir. Ular boshqariladigan ob’ektni o‘zluksiz ishlash jarayonini qo‘llab-kuvvatlashi uchun joriy shaxsiy muammolar bo‘yicha qabul qilinadi. YA’ni, uning murakkab mexanizmini struktura va o‘zaro aloqalarni o‘zgartirmasdan ushlab turishdir. Bu qarorlarni rahbar maxsus tayyorgarliksiz etarlicha tez qabul qiladi. Bunday qarorlarga hodimlarni ishga olish va bo‘shatish, ularning ish xaqlarini o‘zgarishi, korxonani kishga tayyorlash haqidagi va shu kabi hujjatlarni kiritish mumkin.
Harakat doirasi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, texnik va texnologik qarorlarga bo‘lish mumkin.
SHuningdek, boshqaruv qarorlari boshqaruv darajasi bo‘yicha ham quyidagi bosqichda bo‘linadi: usta, uchastka boshligi, sex boshligi, ishlab chiqarish boshligi, korxona va birlashma rahbari, vazir ....
Qarorlar ta’sir qilish yo‘nalishi bo‘yicha tashqi va ichki bo‘ladi. Tashqi qarorlar boshqa darajaga karatiladi, ichki qarorlar esa aloxida bo‘limlar yoki karatiladi, ichki qarorlar esa aloxida bo‘limlar yoki korxonani qamrab oladi.
Boshqaruv qarorlari funksional mazmuni bo‘yicha iqtisodiy, tashkiliy, koordinatsion, rag`batlantiruvchi, boshqaruvchi va nazorat qarorlarga bo‘linadi.
Qayta ishlashni tashkillashtirish bo‘yicha shaxsiy, hamkasbiy va malakaviylarga bo‘linadi. SHaxsiy qarorlar rahbarning jamoadagi kelishuvisiz va muxokamasiz yoki aloxida shaxslar tomonidan ishlab chikariladi. Ko‘pincha bo‘lar korxona taraqqiyoti yo‘lidagi prinsipial muammolarga daxli bo‘lmagan operativ qarorlardir. Xamkasb karorlari asosan moddiy tayyorgarlik talab qiladigan, bir gurux mutaxassislar va rahbarlar tomonidan ishlab chikariladigan va qabul qilinadigan qarorlardir. Ular har tomonlama mazmunga egadirlar. Jamoa qarorlari mansab yoki hodimlardan kat’iy nazar bugun ishtirokchilar tomonidan umumiy majlisda ishlab chikariladi. Bunday qarorlar ishlab chiqarishning baholi savollarini kurib chiqishda qabul qilinadi.
Mehnat turi bo‘yicha qarorlar standart va nostandart qarorlarga bo‘linadi. Standart, ba’zan dasturiy qarorlar - bu qarorlarning o‘zini ishlab chiqish va uni qabul qilish jarayonidagi qarorlardir. Dasturlash va uni qabul qilish jarayonidagi qarorlardir. Dasturlash mumkin bo‘lgan qarorlar orasida shunday standart bosqichga etdiki, ularni matematik model shaklida tasvirlash mumkin. YA’ni EXMning texnik ishiga ahamiyatli kismni kiritish imkoniyati tugiladi. Nostandart qarorlar - bu eng murakkab, asosiy qarorlar. Xam qilinadigan muammoga ijodiy yondashish uchun kengligi bilan ajralib turadi. Ijodiy qarorlar har doim jadallik va yangilikda namoyon bo‘ladi. Birok nostandartlikning harakterini dikkat bilan tahlil qilish zarur. CHuqur, keng tahlilda bu hollarni unchalik va yangi emasligini ko‘rish mumkin, agarda uni bir qator aloxida muammolarga bo‘lib chiksa.
SHu tarika boshqaruv qarorlari inson faoliyatining har qandaydoirasida tashkiliy boshlanishi bo‘lib hisoblanadi. Uning asosida qonunlar tasdiqlanadi.yu material-texnik, moliyaviy va mehnat resurslari ishlatishni rejalashtirish, ijrochilar va rahbarlar ma’sliyati oshiriladi va maqsadga etishish yo‘lida ularning o‘rni belgilanadi.

Yüklə 20,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin