7-Mavzu: Nutq texnikasi va madaniyati Reja


Tembr – tovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yoqimliligi va alohidaligidir. Diksiya



Yüklə 220,81 Kb.
səhifə5/6
tarix14.08.2023
ölçüsü220,81 Kb.
#139339
1   2   3   4   5   6
1263240.pptx

Tembrtovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yoqimliligi va alohidaligidir.
Diksiya – aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi nutqining o‘quvchilar tomonidan to‘g`ri tushunilishini ta’minlaydi.
Ongli ravishda ovozni mashq qildirish uzoq, muntazam va individual davom etadi. Ko‘p olimlar olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, past ovoz o‘quvchilar tomonidan yaxshi idrok etiladi. Past ovoz ularga yuqori ovozga nisbatan yoqadi.
Yuqori ovoz o‘quvchilarni ham, o‘qituvchining o‘zini ham tez charchatib qo‘yadi. O‘qituvchi kasb kasalliklarining 40,2 foizini ovoz kasalliklari tashkil etadi.
O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari
Ovoz kasalligining sabablari:
a) yuqori ovozda gapirish;
v) ovoz gigiyenasiga amal qilmaslik;
g) ovoz apparatining tug`ma kamchiliklaridir.
b) ovoz apparatlaridan to‘g`ri foydalanmaslik;
Turli xil ovoz kasalliklarining oldini olish maqsadida ishdan so‘ng pedagog 2-3 soat davomida kam va sekin gapirishi kerak. 3-4 soat dars berishdan so‘ng bir soat ovoz apparatlariga dam berish kerak.
Ongli ravishda ovozni mashq qildirish uzoq, muntazam va individual davom etadi. Ko‘p olimlar olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, past ovoz o‘quvchilar tomonidan yaxshi idrok etiladi. Past ovoz ularga yuqori ovozga nisbatan yoqadi.
Yuqori ovoz o‘quvchilarni ham, o‘qituvchining o‘zini ham tez charchatib qo‘yadi. O‘qituvchi kasb kasalliklarining 40,2 foizini ovoz kasalliklari tashkil etadi.
O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari
Tomoqni qurib qolishidan saqlash uchun mutaxassislar soda va yod eritmasi bilan halqumni chayqab turishni tavsiya etadilar. Quyidagi maslahatlar ham o‘qituvchilarga foydali:
1. Bir xil tonda gapirish ovoz muskullarini charchatib qo‘yadi. Agar har xil, ifodali belgilar bilan gapirilsa, ovoz apparatlari sog`lom bo‘ladi.
2. Bo‘r-melning mayda changlari ovoz paylari uchun juda ham zararli, doimo doskani ho‘l latta bilan artish kerak.
3. Dars bergandan so‘ng, agar havo sovuq bo‘lsa, tez yurmaslik kerak. Chunki, sovuq havo xalqumni yallig`lantiradi.
O‘quvchilarning o‘qituvchi nutqini yaxshi idrok etishlari uchun o‘qituvchi tovush, so‘zlarni aniq va ifodali talaffuz qilishi kerak. Tovush, bo‘g`in va so‘zlarni to‘g`ri talaffuz qilishda ovoz apparati: lablar, til, tish, jag`lar, tanglay, kichik til, halqum, ovoz paylari qatnashadi. Nutqdagi organik kamchiliklarni jarrohlik va logopedik uslublar bilan bartaraf etish mumkin.
Noorganik kamchiliklar esa: to‘ng`illab gapirish, soqovlanish, duduqlanish, ba’zi bir tovushlarni talaffuz eta olmaslik, burunda gapirish, tez gapirish, chala gapirish.
Bularni bartaraf etish uchun nutq organlari harakatini artikulyatsiya gimnastikasi orqali mashq qildirish tavsiya etiladi. Bu ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: a) nutq apparatlarini mashq qildirish, b) har bir unli va undosh tovushlarning to‘g`ri artikulyatsiyasini mashq qilish.
Nutqning tezligi, alohida bo‘g`inlarning va so‘zlarning jaranglashi, shuningdek, nutq ritmidagi pauzalarga rioya qilish nutqning ritmini tashkil etadi. K.S.Stanislavskiyning ta’kidlashicha, intonatsiya va pauzaning o‘zi, so‘zdan ham ortiqroq eshituvchiga hissiy ta’sir etar ekan. Nutq tezligi o‘qituvchining individual xususiyatlariga, nutq mazmuniga va muloqot vaziyatiga qarab o‘zgaradi.
Mаtn o’qish. Mаtnni bаlаnd оvоzdа o’qish. Bundа vаqti-vаqti bilаn fаrаz qilinаyotgаn аuditоriyagа nigоh tаshlаb turing. Bundа fаrаziy ko’z qаrаshlаr оrqаli erkin nutq hissigа erishishgа hаrаkаt qiling. Shu bilаn birgаlikdа mаtnning kеyingi so’zlаrini bir zumdа оldindаn o’qib хоtirаngizdа sаqlаsh vа kеyin tаlаffuz qilishgа o’rgаning. Shundа nutqingizdа uzilish bo’lmаydi.

Yüklə 220,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin