katta hajmdagi o’quv materialini o’zlashtirish va qayta ishlash imkoniyatini berish, olingan natijalarni tahlil qilish uchun grafik interpretasiyalardan foydalanish;
ta’lim beruvchiga darsni mustaqil dars ko’rinishda o’tkazishga sharoit yaratish, bu holatda ta’lim beruvchi maslahatchi rolida ishtirok etishini ta’minlash;
ta’lim oluvchiga mustaqil o’rganish, zarur holatlarda misol, masala, laboratoriya ishlari va topshiriqlarni mustaqil bajarishga sharoit yaratish;
darslarga tayyorgarlikni o’qituvchiga qulay usulda amalga oshirishga imkoniyat yaratishi (slayd, matn, videomaterial va h.k. tayyorlash imkoniyatini berish);
o’rganiladigan o’quv materialini sistemali, mantiqiy ketma-ketligini, modulliligini va ular orasidagi uzviylikni ta’minlash;
o’qituvchiga ta’lim oluvchilar o’zlashtirgan bilim darajasini turli xil murakkablikdagi (murakkablik darajasi shakllantiriladigan) nazorat dasturlari yordamida nazorat qilish imkoniyatini berish zarur.
2. Ergonomik talablar:
taqdim etiladigan o’quv materialining asosan monitor orqali taqdim etilishini hisobga olish;
kompyuter ekranida aks ettiriladigan o’quv materiali ta’lim oluvchiga aniq, ravshan, tez o’zlashtirilishi va tushunarli bo’lishi;
o’quv materialini taqdim etishda qisqartmalar va noaniq atamalar bo’lmasligi;
o’zlashtriladigan material imkoniyat doirasida ta’lim oluvchining diqqatini jalb etishi;
ta’lim oluvchi qayta ishlaydigan yoki ishlamoqchi bo’lgan materialnigina ko’ra olish imkoniyati mavjud bo’lishi shart;
taqdim etiladigan o’quv materiali ma’naviy-ma’rifiy va tarixiy an’analar, milliy qadriyatlar va etnogenetik xususiyatlarni hisobga olishi shart;
elektron axborot-ta’lim resursi bilan ishlashda psixologik qulaylikni ta’minlash;
o’rganuvchilarning yosh va individual xususiyatlari, fikrlashning turli xilligi (foydalanilgan ranglar, ovoz va ekranda yuz beradigan o’zgarishlar) ni hisobga olish;
elektron axborot-ta’lim resursi bilan ishlashda qulaylikni ta’minlash, ta’lim oluvchini toliqtirmasligi lozim (navigasiyaning qulayligi va aniqligi, ma’lumotni idrok etish osonligi, zarur bo’lmagan, tushunish qiyin qisqartmalar va turli ortiqcha kodlardan foydalanmaslik);
qo’llaniladigan shriftlar, ranglar, ekranda ma’lumotlarni ayrim qismlarini ajratib ko’rsatish usullari zerikishni keltirib chiqarmasli zarur;