11-MAVZU:Suvda va quruqlikda yashovchilar sinifiga kiruvchi dumsizlar turkumi vakilarini aniqlash. i Darsning maqsadi: Hozirgi zamon reptiliyalar sistematikasi haqidagi bilimlarni
mustahkamlash, reptililarning xilma-xilligi va xarakterli belgi-xususiyatlarini solishtirib
o’rganish.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Hozirgi paytda yer yuzida 8000 dan ortiqroq sudralib yuruvchilarni turi yashaydi.
Mezazoy erasiga qadar ularni 17 ta turkumi bo’lgan shundan progressivroq tuzilishga ega
bo’lgan 4 ta turkum saqlanib, bugunga qadar yetib kelgan. Qolgan hammasi qirilib ketgan.
Yer yuzida mavjud bo’lgan hozirgi sudralib yuruvchilar quyidagi sistematik guruhlarga
bo’linadi: xartumboshlilar, tangachalilar, timsohlar, toshbaqalar.
o’z ichiga eng qadimgi sudralib yuruvchilarning shu kunga
Xartumboshlilar turkumi
qadar yashab kelgan yagona turi – gatteriyani oladi.
– hozirgi sudralib yuruvchilarning eng ko’p turi kiradigan turkumidir.
Tangachalilar
Bularning gavdasi har xil tangacha bilan qoplangan. Kvadrat suyagi miya qutisi skeleti bilan
harakatchan qo’shiladi. Tuxumlarida oqsil bo’lmaydi va ular pergamentsimon parda bilan
qoplangan.
Tangachalilar turkumi 3-ta kenja turkumga bo’linadi (
kaltakesaklar, ilonlar,
xameleonlar).
vaqillari hozirgi zamon sudralib yuruvchilar ichida eng yuqori
Timsohlar turkumi
taraqqiy etgan va suv muhitida yashashga moslashgandir. Boshi, bo’yni va tanasi, yapaloq, dumi
yon tomondan qisilgan, orqa oyog’ining barmoqlari orasida suzgich pardasi bo’ladi. Gavdasi
shox qalqon bilan qoplangan. Bu qalqonlarning tagida suyak plastinkalar joylashadi.
vaqillarini asosiy xususiyatlaridan biri tanasi ustida joylashgan
Toshbaqalar turkumi
suyak qalqonlarining bo’lishligi hisoblanadi. Boshi, bo’yni, oyoqlari va havf tug’ilganda dumi
ma’lum darajada qalqon ichiga tortiladi. Qalqoni yoki pantseri ustki bo’lim – karapaksdan va
pastki bo’lim – plastrondan tashqil topgan. Karapaks teri hisobidan rivojlangan suyak
plastinkalar hamda qovurg’alar va umurtqalarning asosiy qismining qo’shilishidan hosil bo’lsa,
plastron qoplovchi suyak plastinkalar, to’sh va o’mrov yupqa shox plastinkalar bilan qoplangan.