Munozara yordamida mavzuni mustahkamlash
Quyidagi savollarga og’zaki javob bering.
1. Akulaning qanday yuqori tuzilish belgilarini bilasiz?
2. Akulaning nerv sistemasi va sezgi organlari qanday yuqori tuzilish belgilari bor?
3. Akulaning qon aylanish sistemasi minogadan qanday farq qiladi?
4. Akulaning ayirish organlari bilan jinsiy organlari o’zaro qanday bog’langan?
5. Akula ko’payishining o’ziga xos qanday xususiyatlari bor?
Mavzu bo’yicha bilimlarni tekshirish
Chiqish testlarini ishlang:
1. Akulaning tashqi organlari va qismlariga tegishli javoblarni belgilang:
A- rostrum, B-
jabra qopqog’i, V-tsikloid tangacha, G-plakoid tangacha, D-geterotserkal dum suzgich, Ye-
sachratqich, J-vertikal joylashgan ko’krak suzgich, Z-vertikal joylashgan qorin suzgich, I-yarim
oysimon og’iz, K-juft orqa suzgich.
2. Akulaning ovqat hazm qilish organlarini ovqat o’tishi bo’yicha tartib bilan ko’rsating:
A-oshqozonning pilorik qismi, B-halqum, V-oshqozonning kardial qismi, G-og’iz bo’shlig’i, D-
qizilo’ngach, Ye-yo’g’on ichak, J-kloaka, Z-ingichka ichak, I-to’g’ri ichak.
3. Akulaning qon aylanish sistemasi minoganing qon aylanish sistemasidan qanday farq
qiladi?
A-aorta so’g’oni paydo bo’ladi, B-arterial konus hosil bo’ladi, V-qorin aortasi ikkiga
ajralmaydi, G-jabraga qon olib boruvchi arteriyalar hosil bo’ladi, D-pastki bo’yinturuq vena
hosil bo’ladi, Ye-juft yon vena hosil bo’ladi, J-yuragida faqat venoz qon bo’ladi, Z-keyingi
kardinal vena buyrak qopqa sistemasini hosil qiladi.
46
4. Erkak akulaning jinsiy organlarini urug’ o’tishi bo’yicha tartib bilan ko’rsating:
A-
urug’ pufagi, B-siydik-tanosil so’rg’ichi, V-urug’don, G-kopulyativ organ, D-urug’ yo’li.
5. Urg’ochi akulaning jinsiy organlarini tuxum o’tishi bo’yicha tartib bilan ko’rsating:
A-tuxumdon, B-bachadon, V-kloaka, G-tuxum yo’li, D-tuxum yo’li uchun voronka.
1
2 1-
2-
3-
4-
5- 6-
7-
8-
9-
3
4
1-
2-
3-
4-
5-
5
1-
2-
3-
4-
5-
Uyga vazifa:
Tog’ayli baliqlarning skeleti mavzusini o’qing
|