7-mavzu. Sanoat korxonalarining daromadi va foydasi


Foydani oshirishning asosiy yo‘llari



Yüklə 71,57 Kb.
səhifə4/5
tarix18.05.2023
ölçüsü71,57 Kb.
#116225
1   2   3   4   5
7-mavzu. Sanoat korxonalarining daromadi va foydasi

Foydani oshirishning asosiy yo‘llari:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini, sifatini oshirish;

  • ortiqcha asbob-uskunalar va boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga berish;

  • moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ish kuchi va ish vaqtidan unumlirok foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish;

  • ishlab chiqarishni diversifikatsiyaqilish;

  • mahsulot bozorini kengaytirish va h.k.

Rentabellik – xo‘jalik faoliyatining samaradorlik darajasini bildiruvchi Ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u ma’lum vakt (yil,oy,kvartal) davomida ishlab chiqarish faoliyatining foydaliligi (yoki zararliligini) ko‘rsatadi.
Rentabellik nazariyasida uning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • sotish rentabelligi;

  • asosiy faoliyat rentabelligi;

  • xususiy kapital rentabelligi;

  • asosiy kapital ( fondlar ) rentabelligi;

  • permanent kapital rentabelligi;

  • aylanma kapital rentabelligi;

  • karzga olingan kapital rentabelligi;

  • real asosiy kapital rentabelligi;

  • investirlangan kapital samaradorligi.

1. Sotish rentabelligi deganda, xar bir sotilgan mahsulot summasiga qancha xarajat qilinganlik darajasi tushuniladi.
Demak, bu ko‘rsatkich sotilgan mahsulot qiymati bilan ana shu mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni taqqoslash asosida yuzaga keladi. Bunday koeffitsiyent baholash siyosatidagi o‘zgarishlarni va sotilgan mahsulot tannarxini nazorat qilish bo‘yicha korxonaning qobiliyatini tavsiflaydi.
Sotish rentabelligini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin
(8)

2.Asosiy faoliyat rentabelligi – ishlab chiqarishning foydaliligi, natijaliligidir. Bu ko‘rsatkich ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflaydi va quyidagicha ifodalanadi:


(9)

3. Xususiy kapitalning rentabelligi – korxona (firma), tarmoq xususiy kapitalining foydaliligi va natijaliligidir. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi




(10)

Bunday koeffitsiyent xususiy kapitaldan foydalanish darajasini, ya`ni korxona tomonidan xususiy kapitalning o‘rtacha qiymatiga qancha sof foyda olinganligini ko‘rsatadi


4. Asosiy kapital (fondlar) rentabelligi – asosiy fondlar va boshqa oborotdan tashqari aktivlarning foydaliligi. U quyidagicha aniqlanadi.


(11)

5. Permanent kapital rentabelligi – permanent kapitalning foydali­ligi, natijaliligidir. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



(12)

6. Aylanma kapitalning rentabelligi – aylanma kapitalning foydali­ligi, natijaliligi. U har bir so‘m li aylanma kapitaldan qancha foyda olish mumkinligini ko‘rsatadi. Uni quyidagi formula asosida aniqlash mumkin




(13)

7. Qarzga olingan kapitalning rentabelligi – qarzga olingan kapi­tal­ning foydaliligi, unumliligi. U quyidagicha aniqlanadi


(14)

Bu koeffitsiyent har bir so‘mli qarzga olingan kapital qancha foyda keltirganligini ifodalaydi.


8. Real asosiy kapitalning rentabelligi uning foydaliligini ifodalaydi va har bir so‘m li real asosiy kapital qancha so‘m foyda keltirganligini ko‘rsatadi. U quyidagi formula asosida aniqlanadi:


(15)

9. Investirlangan kapital rentabelligi – investitsiya mablag‘larining natijaliligi, foydaliligi. Bu ko‘rsatkich investitsiya tufayli olingan mablag‘larning qanchalik samara berishini ifodalaydi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:



(16)

Rentabellik darajasi ko‘rsatkichining yuqori bo‘lishi korxona (firma) ixtiyoridagi asosiy va aylanma fondlardan oqilona foydalanilayotganini va korxona (firma)ning ma’lum miqdorda foyda (daromad) olayotgan­li­gi­ni ko‘rsatadi.


Rentabellik darajasini ko‘tarish uchun sanoatning barcha tarmoqlari va kor­xonalari sotilgan mahsulot hajmini oshirishga, uni ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirishga, ishlab chiqarilgan mah­­sulot sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari zar­ur.

Yüklə 71,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin