Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o’rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o’tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo’la oladi. O’tmishda bo’lib o’tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bo’la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir.
Maktab ta'limida o’zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari bo’yicha, so’ng yaxlit holda o’quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga o’xshash predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha predmetlar yuzasidan to’plangan bilimlar ma'lum tartibga tushadi, ularning o’xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to’rtinchi bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda egallangan bilimlarni tizimlashtirish nazarda tutiladi.
Demak, insonning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy rivojlanishning dastlabki pog’onasi hisoblanadi.
Tafakkur shakllari Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.
Hukmlar Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Hukmlar ob'ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo’ladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o’zaro bog’liq bo’lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog’liq ravishda ko’rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib ko’rsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar elektr tokini o’tkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin hukmlardir. Chunki elektr tokini o’tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir.
Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa hukmda bog’liq qilib ko’rsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. Masalan, hozir tashqarida yomg’ir yog’yapti; yer quyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato hukmlar doirasiga kiradi.
Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga bo’linishi mumkin: