7-mavzu. Tafakkur reja



Yüklə 199,05 Kb.
səhifə8/16
tarix02.04.2023
ölçüsü199,05 Kb.
#92506
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
7-мавзу

Xulosa chiqarish
Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha umumiy hukm bo’lib, ikkinchi hukm yakka hukm bo’ladi.
Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, mulohaza yuritish ham xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon bo’lgan oldingi ikki hukmga asoslanib, uchinchi hukm chiqariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib ko’rishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda fikr o’rtasidagi shunday bog’lanish natijasida bir yoki undan ortiq hukmlardan uchinchi hukm keltirib chiqariladi.
Xulosa chiqarish uch turga bo’linadi: induktiv, deduktiv va analogiya.
Induktiv xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o’tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni o’rganish asosida umumiy qonun va hoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini o’tkazadi, po’lat elektr tokini o’tkazadi, mis elektr tokini o’tkazadi, ruh elektr tokini o’tkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini o’tkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz.
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz'iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini o’tkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini o’tkazadi.
Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba'zi bir belgilari o’xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining o’xshashligi to’g’risida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshash bo’lgan ba'zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Analogik usulda chiqarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolg’on bo’lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday shakli ko’pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juz'iy ikki yakka hukmlarga asoslanib, juz'iy yoki yakka hukm keltirib chiqaramiz. Masalan, bog’cha yoshidagi bola mana bunday mulohaza yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular sovg’a olib kelgan bo’lsalar kerak. Bu bolaning mulohazasini tahlil qilib ko’rsak, uning fikr yuritishi mana bunday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi bo’lamiz. O’tgan galda adam ismini aytib chaqirib kelgan edilar, yana chaqirayotirlar. Albatta, adam menga sovg’a olib kelganlar, deb xulosa chiqaradi.
Shunday qilib, analogik yo’l bilan xulosa chiqarganda murakkab qonuniyatlar to’g’risidagi bilimlar o’zlashtirilmasa-da, lekin turmushning turli jabhalarida undan foydalanib turiladi.

Yüklə 199,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin