7. Mavzu: Talim – tarbiya gigiyenasi qanday masalalarni oz ichiga oladi. Kun tartibi va uning ahamiyati



Yüklə 25,5 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü25,5 Kb.
#115953
7. Mavzu Talim – tarbiya gigiyenasi qanday masalalarni oz ichig


7. Mavzu: Talim – tarbiya gigiyenasi qanday masalalarni oz ichiga oladi. Kun tartibi va uning ahamiyati.
Ta’lim gigiyenasi o’quvchilarga bolalarning kamroq kuch sarf qilgani holda yuqori o’zlashtirishga erishuvchiga yordam berishga da’vat etilgandir. Shuning uchun ta’lim gigiyenasi problemalari juda ko’p masalalarini ( o’quv plani va uydagi o’quv faoliyatining gigienasi, o’qitish gigienasi va boshqalar ) o’z ichiga oladi. Maktab yoshi haqida tushuncha. Bola o’qishning dastlabki kunlarida yangi kun tartibiga moslanishi, yangi jamoatga o’rganishi ancha qiyin bo’ladi.
Maktab yoshi – bu morfologik, psixologik va ijtimoiy jihatdan rivojlanish bo’lib, o’quvchilarning ta’lim, tarbiya talablariga javob berishni talab qiladi. Birinchi sinflarda 4,5% - 2,5% bolalar maktabda o’qishga tayyor bo’lmasligi mumkin. Bunda bola organizmining rivojlanishidan umuman orqada qolishgina emas, balki bolaning maktabdagi ishlarga tayyor bo’lmasligini ham tushunmoq kerak. Bunda o’qishga shartli reflekslar hosil bo’lishi differensial tormozlanishning rivojlanish darajasi, nerv jarayonlarining xarakatchanligi ikkinchi signal sistemasining rivojlanish darajasi, nutqning ravonligi talaffuzda nuqsonlar bo’lmasligi mayda xarakatlarni bajara olish qobilyati, uyg’unligi va boshqalar kiradi. Bolalarning maktabga tayyorgarligini aniqlash uchun amalda quyidagilarni qo’llash mumkin: Tovushni talaffuz qilishdagi nuqsonlar. Doira kesishni kuzatish. So’z ta’siriga adekvat javob hosil bo’lishi.
Bir smenali maktablarda o’qishni soat 9.00 da saot 8.30 da esa ikki smenali maktablarda boshlash tavsiya etiladi. O’rta maktabning xozirgi vaqtda O’zbekistondagi 1 – 2 – 3 sinflarida bir xaftalik nagruzka 24 s, 4 sinfda 27 s, 5-6-7 sinflarda 32 s, 8- sinflarda 33 s, 9-11 sinflarda 35 s bo’lishi kerak. Yuakultativ mashg’ulotlar yuqori sinflarda 4 bo’lishi ko’zda tutilgan. Yuqorada kursatilgan bir xaftalik dars soatlaridan ko’proq soatlar ashula, jismoniy tarbiya, rasm, mehnat darslariga ko’proq soatlar ajratilishi maksadga muvofikdir, chunki bunda o’quvchilar ko’p charchab qolmaydi. 7 yashar bolalarni 45 minutlik dars charchatib qo’yadi, shuning uchun 1 – sinfda 35 minut dars o’tib, qo’lgan 10 minuti kurgazmali qurollarni ko’rsatish tavsiya etiladi. O’rta va yuqori sinflarda birinchi darsda o’quv mashgulotiga moslashish <> ro’y beradi, shuning uchun bu davrda o’quvchining ish qobiliyati past bo’ladi: Ish qobiliyatiga nisbatan barkaror darajadagi davri va qulay fiziologik kursatkichlar o’quvchilarda ikkinchi uchinchi darslsrda kuzatiladi, ( seshanba, chorshanba kunlari o’quvchi eng yuksak optimal ish qobiliyatiga ega bo’ladi ): 4 – darajada charchashning dastlabki belgilari paydo bo’ladi: mehnat qobiliyatining o’ta past darajasi oxirgi darslarda ya’ni 5 – 6 soatlarda, ayniqsa xaftaning ohirgi juma, shanba kunlarida kuzatiladi. Shuning uchun asab zuriqishini talab qiladigan matematika, fizika, kimyo, chet tili darslari 2 – 3 soatlarga qo’yilishi kerak.
Gigiyenistlar dars jadvalini tuzayotganda o’tiladigan fanning qiyinlik darajasini hisobga olish juda muhim ekanligini aytishadi. Darslarni qiyin va osonga bo’lish shart, bunda dars mazmuni, o’qituvchining dars berish mahorati, o’qituvchining shu fanga qiziqishi va aktivligi, o’qituvchining o’quvchilar bilan muomilasi va boshqalar e’tiborga olishini kerak.
Jismoniy tarbiya va mehnat darslari o’quvchilar nerv sistemasi, ish qobiliyati muhim rol o’ynadi. Shuning uchun o’rta yuqori sinflarda mehnat va fizkultura darslari 4 – soatga qo’yiladi. Shunda o’quvchilar 5 – 6 soatlarga charchamaydi. Matematika, fizika, kimyo, yozmaishlari o’quvchilar nerv sistemasi tinch ish qobiliyati eng yuqori bo’lgan soatlarda seshanba chorshanba kunlari 2 – 3 soatlarda olishini kerak. Juma shanba kunlari yozma ish olishini maksadga muvofik emas, chunki o’quvchilar nerv sistemasi charchaganidan ishda k’opgina xatolar uchraydi.
Bir hil predmetlarni ikki darsda ketma ket yoki bir biriga o’xshash peredmetlarni ketma – ket o’tish. ( fizika, matematika, tarihdan keyin gegorafiya va boshqalar). Og’ir darslarning bir kunda yig’ilib qolishi gigienik jihatdan noo’rin hisoblanadi. Ayrim hollarda ona tili va adabiyotdan insho yozilgan kuni, matematikadan va mehnatdan yozma ish yozishga ruxsat etiladi.
Dars jadvalini tuzishda har xil predmetlarni almashtirib o’tilishiga e’tibor beriladi. Shunday qilganda o’quvchining faoliyati bir turdan ikkinchisiga o’tadi, natijada miya yarim sharlari po’stlogidagi funksional hujayralarning ishchanlik qo’biliyati tiklanadi, ikkinchi signal sistemasining ko’proq ishlatishga to’g’ri keladi.
Uy vazifalari bola yoshiga mos bo’lishi kerak. 1 sinf o’quvchilariga 45 minutlik, 2 – sinf o’quvchilariga 1 – 1,5 soatik, 3 – 4 sinflar uchun 2 – 2,5 soatlik, 5 – 11 sinf o’quvchilari uchun 3 – 3,5 soatlik uy vazifani berilishi tavsiya etiladi. O’quvchi uyda maxsus jihozlangan joyda, qaddini to’g’ri tutib, boshini qiyshaytirmasdan, tirsaklarini stol ustiga tikka holda o’tirib dars tayyorlashini kerak. Yorug’lik, yetarli bo’lmasa ko’z muskullari tez charchaydi. Shuning uchun yorug’lik normal bo’lishi va chap tomondan tushini kerak. O’qiyotganda kitobdan ko’zgacha bo’lgan masofa 40 sm bo’lishi shart. To’xtamay uzok yozishi o’quvchini toliqtiradi. Shuning uchun 7 – 10 yashar o’quvchi tinimsiz 10 minut 10 – 12 yoshda 15 minut, 12 – 15 yoshda 20 minut, 15 – 18 yoshda 25 – 30 minut yozishi mumkin.
Kun tartibida uyquning axamiyati katta. Oila uxlashidan 2 – 2,5 soat oldin ovqatlanishi kerak. Kechki ovqatdan so’ng sof xavoda bir oz sayr qilishi, kiyimlariga qarashi lozim.
Televizorni o’quvchilar havtada 3 – 4 marta 1 – 1,5 soatdan, yuqori Sinf o’quvchilari 4 – 5 marta 2,2 – 5 soatdan undan 2 – 2,5 m uzoqda o’tirib, qad – qomatni to’g’ri tutgan holda ko’rishlari mumkin. Yotib yoki yonboshlab televizor ko’rish mumkin emas.
Boshlangich sinf o’quvchilari soat 8 va 9 larda, yuqori sinf o’quvchilari 10 da uykuga yotishi kerak. O’rin toza bo’lishi, juda yushmoq bo’lmasligi lozim. Xona temperaturasi 18–20 C bo’lishi , qishda fortochkani ochib ko’yish kerak. Har kuni bir vaqtda ovqatlanish shart, shunda ovqatlanish vaqti yaqinlashganda ishtaxa paydo bo’ladi va ovqat tez hazm bo’ladi. Bolaning bir kunlik yeydigan ovqati organizmida sarflangan eneriyani qoplashi lozim. Pedagoglar o’quvchilarda kun tartibini bajarish ko’nikmasini hosil qilishlari kerak. Har o’quv yilining boshida sinf raxbari ota – onalarni va o’z sinf o’quvchilarini tahminan kun tartibi bilan tanishtiradilar.
Yüklə 25,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin