ta’limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; jamiyatning talablari va imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan bog’liqlikda aniqlashtiriladi;
ta’lim mazmunini belgilashda ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati; o’quvchilarning yoshi imkoniyatlari; ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasiga asoslaniladi;
ta’limning sifati avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; o’rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o’quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko’rsatish: o’quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqtiga bog’liq;
ta’lim metodlari samaradorligi ta’lim maqsadiga; o’quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga; ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minotiga bog’liq;
ta’limni boshqarish samaradorligi ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiyaga, ta’sir ko’rsatishning asoslanganligiga bog’liq;
ta’limda rag’batlantirish samaradorligi ichki va tashqi stimullarning o’zaro uyg’unligiga bog’liq.
Asosiy adabiyotlar 1. Abdullaeva Sh., Asqarov A. Umumiy pedagogika. Nopedagogik oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. -T: Fan va axborot texnologiyalari, 2019. -280 b.
2. Xodjaev B.X., Umumiy pedagogika. Darslik.–Toshkent, “Sano-standart”, 2017 y.434 b.
3. Mavlonova R. va boshqalar. Umumiy pedagogika//darslik. –T.: 2016 y. - 538 b.
4. Umarova M. Teoriya i istoriya pedagogiki. Uchebnoe posobie. – T.: “Izdatelsko-poligrafichkskiy dom imeni Chulpana”, 2018 g., -348 b.