7-mavzu: ta’lim jarayonining mohiyati. Reja



Yüklə 106,5 Kb.
səhifə10/24
tarix05.12.2023
ölçüsü106,5 Kb.
#174181
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
7-mavzu ta’lim jarayonining mohiyati. Reja

ta’limning sifati avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; o’rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o’quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko’rsatish: o’quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqtiga bog’liq;
ta’lim metodlari samaradorligi ta’lim maqsadiga; o’quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga; ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minotiga bog’liq;
ta’limni boshqarish samaradorligi ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiyaga, ta’sir ko’rsatishning asoslanganligiga bog’liq;
ta’limda rag’batlantirish samaradorligi ichki va tashqi stimullarning o’zaro uyg’unligiga bog’liq.
Shuningdek, pedagogikada ta’limning xususiy qonuniyatlari ham mavjud:
gnoseologik: ta’lim natijalari o’quvchilarning o’zlashtirish ko’nikmalariga; ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyati hajmiga; bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo’llanilishiga; o’quvchilarning aqliy rivojlanishi o’zaro aloqador bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilish hajmiga to’g’ridan to’g’ri bog’liq;
psixologik: ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o’ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog’liq;
kibernetik: ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; bilimlarning sifati nazoratning to’g’ri olib borilishiga; ta’lim sifati o’quv jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga bevosita bog’liq;
sotsiologik: individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo’ladigan individlarning rivojlanishiga; ta’lim samaradorligi “intellektual muhit”ning mavjud holatiga, o’zaro bir-biriga o’rgatishning jadalligiga; o’qituvchi va o’quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog’liq;
tashkiliy: ta’lim natijasi o’quvchining o’quv mehnatiga, o’zining o’quv majburiyatlariga munosabatiga; o’quvchining ishchanlik qobiliyatiga; o’quvchilarning aqliy faolligini oshirish o’quv mashg’uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy tarbiya va mehnat mashg’ulotlarining joylashtirilishiga bevosita bog’liq.


Yüklə 106,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin