Maktab-internat tarbiyachilarining lavozim majburiyatlari



Yüklə 22,02 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü22,02 Kb.
#205329
  1   2
Тарбиячи лавозим мажбурияти


Maktab-internat tarbiyachilarining lavozim majburiyatlari
Men, Hamroyeva Zebiniso Yarashevna, Romitan tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan (aqli zaif) bolalar uchun 26-sonli maktab-internati 4-V sinf tarbiyachisi vazifasida ishlab kelmoqdaman. Maktab-internati “Ichki mehnat tartibi qoidalari” bilan tanishib chiqdim va mehnat faoliyatim davrida tarbiyacilik ishi bo’yicha belgilangan quyidagi lavozim majburiyatlariga to’liq amal qilaman:
barkamol, yuksak ma’naviyatli, erkin, jismonan baquvvat, tashabbuskor, ijodiy firklovchi, mastaqil shaxsni vatanparvarlik ruhida, milliy ma’naviy va qadriyatlari asosida, buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosi asosida tarbiyalash bo‘yicha ta’lim-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, shuningdek sayohat, ommaviy madaniy va sport ishlarni tashkil etish;
bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash ishlarida o‘qituvchi ishlarini davom ettirgan holda jismoniy yoki psixik nuqsonlar sababli yuzaga keladigan psixik yoki jismoniy rivojlangan xususiyatlarini e’tiborga olgan holda o‘quvchilarga individual yondashuvini amalga oshirish, o‘z guruhidagi o‘quvchilarning hayoti va salomatligi saqlanishi uchun javob berish:
o‘quvchilarning psixofizik holatini mustahkamlash, dispanseridatsiya, proflaktika chora-tadbirlarini va epidemiyalarga qarshi sanitariya-gigiena tadbirini amalga oshirish, bolalarni chiniqishi, ovqatlanishi, shu jumladan parhez taomlar bilan ovqatlanishini nazorat qilishda tibbiyot xodimlariga ko‘maklashish;
tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy-psixologik va pedagogik reablitatsiyasi va mehnat adaptatsiyasi bo‘yicha izchil ish olib borish, o‘qituvchilar va psixolog tavsiyalari asosida bolaning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda, tarbiyalanuvchilar bilan alohida yoki guruhlarda korreksion-rivojalantiruvchi tarbiyaviy ishlarni, zararli odatlarni oldini olish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar ijtimoiylashuvi, moslashuvi va jamiyatning ijtimoiy hayotiga integratsiyasi, deviantli (me’yordan chiqib ketgan hulq-atvorni) bolalar reablitatsiyasi sohasida samarali ish metodlari, shakllari va vositalarini qo‘llash;
tarbiyalanuvchilar tomonidan shaxsiy gigiena talablariga rioya qilinishi, tashqi ko‘rinishining ozodaligi, kiyim-kechagi, o‘quv jihozlari, xo‘jalik buyumlarining saqlanishini ta’minlash;
kun tartibini tashkil etilishi, unga rioya etilishi, uy vazifalarining bajarilishini doimiy nazorat qilish, ularning o‘qishiga yordam berish, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etilishini ta’minlash;
bolalar qo‘shimcha ta’lim olishiga yordam berish, badiiy faoliyati, texnika ijodiyoti, sport seksiyalariga va to‘garaklarga hamda bolalar qiziqishlariga muvofiq, boshqa uyushmalarga jalb etish, to‘garak ishlarini tashkil etish;
shifokor tavsiyalariga ko‘ra, tarbiyalanuvchilar yoshiga mos ravishda o‘z-o‘ziga xizmat qilish, mehnat muhofazasi, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etish;
pedagog etika qoidalariga rioya etish, tarbiyalanuvchilarning alohida xususiyatlari, qiziqishlari va moyilliklarini hamda oilaviy sharoitlarini, maishiy sharoitlarini o‘rganish;
ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan hamkorlik qilish;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi pedagogik kengashlari, metodbirlashmalar faoliyatida, seminar-treninglar, yig‘ilishlar, ochiq mashg‘ulotlarda, hisobotlarni tayyorlash, metodik materiallarni ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish;
o‘z kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish, faoliyatida imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash bo‘yicha ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, mehnat intizomiga rioya etish;
ta’lim-tarbiya jarayonida texnika xavfsizligi me’yorlari va qoidalariga rioya etish;
psixonevrolog va terapevt shifokor tavsiyalarini hisobga olgan va differensial yondashgan holda aqliy rivojlanishda muammosi bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishidagi kamchiliklarini maksimal ravishda korreksiyalash, ijtimoiylashuvini ta’minlash, og‘zaki va yozma nutq kamchiliklarini bartaraf etish;
yillik rejani o‘quv yilining boshida fan va sinf o‘qituvchilari bilan kelishilgan holda tuzib (o‘qituvchilarning yillik rejalaridagi “Uyga vazifa” bandi mazmunini) o‘z yillik rejasini har bir fanidan uyga vazifa tayyorlash;
“Mustaqil dars tayyorlash” mashg‘ulotning asosiy sifatida belgilab olib, uyga vazifa tayyorlash mashg‘ulotlarini olib borish;
kunduzgi tarbiyachilar rahbariyat tomonidan tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvaliga binoan mashg‘ulotlar o‘tish, ushbu mashg‘ulotlarga didaktik vositalar tayyorlash;
bayram kunlariga bag‘ishlangan tadbirlarning ssenariylarini tayyorlash, uning mazmuniga mos taqdimot materiallarini tayyorlash;

Yüklə 22,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin