7-mavzu: Yangi O‘zbekiston: milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Reja: Mustaqillik va ma’naviyat.
Ma’naviyat va millat tarbiyasi.
Milliy-ma’naviy yangilanish, yuksalish, taraqqiyot omili.
Yangi O‘zbekistonda “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” konsepsiyasi mazmun-mohiyati.
Tayanch iboralar:Milliy tiklanish, milliy yuksalish, milliy tarbiya, mustaqillik va ma’naviyat.
Bugun dunyoda iqtisodiy sohada – oʻzga mintaqalardagi tabiiy boyliklar ustidan nazoratni qoʻlga kiritish, mafkuraviy sohada — turli xalqlarning asrlar davomida shakllangan turmush tarzini oʻz manfaatlari yoʻlida “isloh” qilish, yoshlar ongi va qalbini egallash, ularni toʻgʻri yoʻllardan chalgʻitish kabi nosogʻlom xatti-harakatlar tobora kuchayib bormoqda. Bunday harakatlar bir qarashda koʻzga uncha tashlanmaydigan, deyarli beozor boʻlib koʻrinadigan va hatto qiziqarli, jozibali shakllarda olib boriladi. Moddiy manfaatdorlik vaʼda qilinadi. Hayotiy tajribasi yetarli boʻlmagan yoshlar bunday “joziba”ga tez mahliyo boʻladilar va oʻzlari bilmagan holda kimlarningdir toʻriga ilinib qoladilar. Yoshlarni bunday halokatdan asrashda badiiy adabiyot, maʼnaviyat va maʼrifat targʻiboti xaloskor kuchga aylanadi. Yangi O'zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir. Yangi O'zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va printsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatdir. Eng muhimi, jamiyat hayotini yangi ezgu g'oyalar bilan boyitib, xalqning birdamligi va hamjihatligiga asoslangan yangi ma'naviy-ruhiy makonni yaratishda