Reja: sifat so'z turkumini o'rganishda interfaol usullarni qo'llash



Yüklə 22,79 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü22,79 Kb.
#88237
Reja sifat so\'z turkumini o\'rganishda interfaol usullarni qo\'ll


Sifat so’z turkumini o‘rganishda interfaol usullarni qo’llash
Reja:

  1. sifat so'z turkumini o'rganishda interfaol usullarni qo'llash.

Sifatni o‘rganish sistemasi materiali leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib,
murakkablashtirib borish ko‘zda tutadi. O‘quvchilar 1-sinfda sifatning leksik ma’noni ko‘zatadilar,
sifatga qanday? qanaqa? So‘rog‘ini berib o‘rganadilar; 2-sinfdv sifat so‘z turkumi sifatida o‘rgangan 3-sinfda ilgari o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda –roq qo‘shimchasi bilan yasalgan qiyosiy va orttirma darajadagi sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi (termin
aytilmaydi). Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi yangi sifatlar bilan boyitiladi, oldindan ma’lum bo‘lgan sifatlaning ma’nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat, predmetning belgisi (rangi, shakli, hajmi, ko‘rinishi, maza, ta’mi, hidi, o‘rni va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab etadi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdayoq bolalar e’tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so‘roq yordamida gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so‘z birikmasini ajratadilar (termin aytilmaydi
. Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning simantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashning leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) rejada olib borishni talab etadi.
Boshlang‘ich sinflarda “sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o‘rganiladi: 1. Sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-sinf). 2. Sifat haqida tushuncha berish. (2-sinf). 3. Shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish (3-sinf).
Sifat bilan dastlabki tanishtirish. (1-bosqich) sifatinining leksik ma’nosi va so‘roqlari ustida kuzatish o‘tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo‘lib uni rangi mazasi, shakli, xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O‘qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar
uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, qanday? Olma-qizil, shirin, yumaloq olma. Suhbat asosida o‘quvchilar olma so‘zni nima? So‘rog‘iga javob bo‘lib predmet nomini bildirishi, qizil,
shirin, yumaloq kabi so‘zlar qanday? So‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetning belgisini bildirishini aniqlaydilar, xulosa chiqariladi. Qanday? Qanaqa? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar predmet belgisini bildiradi. O‘quvchilar belgi bildirgan bunday so‘zlarning nutqimizdagi rolini anglashlari uchun sifat ko‘p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarni tushurib qoldirib, so‘ngra sifatlari bilan o‘qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko‘rsatiladi. Bu darslarda ko‘rgazmalaridan keng foydalanadi. O‘quvchilar qanday? Qanaqa? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni o‘zlashtirishlari uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi: 1. So‘roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so‘zlani tanlash. 2. Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish. 3. Matndan kim? Yoki nima? So‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni tanlab aytish va yozish. 4. Tayanch so‘zlar va rasm asosida gap va hikoyacha tuzish. 2-bosqichda asosan 2 vazifa: “Sifat” tushunchasini shakllantirish hamda o‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hal qilinadi. Sifatlarning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o‘quvchilaruning so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos ko‘rsatkichlarini ko‘rsatadilar. a) predmet belgisini bildiradi. b) qanday yoki qanaqa?
So‘rog‘iga javob bo‘ladi v) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so‘z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi. O‘quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o‘stirish uchun: 1. Berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish. 2. Berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash; ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi (tulki) 3.Predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi fikrini aniq va tushunarli ifodalashdagi rolini puxta o‘zlashtirishga erishish uchun sinonim va antonimlar ustida ishlash, o‘qish darslarida o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o‘rganish jarayonida so‘z yasashga oid mashqlarni muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarda u yoki bu so‘z turkumini yasash uchun so‘z yasovchi
qo‘shimchalardang ongli foydalanish malakasini shakllantiradi. 3-bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og‘zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirsh bilan bog‘liq holda –roq qo‘shimchasi bilan qo‘llanilgan sifatlarni va ko‘m-ko‘k, yam-yashil sifatlarni to‘g‘ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o‘quvchilarning nutqini o‘stirishga qaratiladi. Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda tanlab qo‘yish, gapda sifat bilan bog‘lanish
otni (so‘z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so‘z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda –roq qo‘shimchasi bilan qo‘llanilgan yaxshiroq, aqilliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariqiq kabi sifatlar ko‘proq bo‘lishiga e’tibor beriladi. O‘quvchilarning mustaqilligi oshgan sayin mashq
topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o‘zlashtirishda uni ot bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish asoslaniladi.
Yüklə 22,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin