Tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlar asosida yoziladi: 1. Hujjat yoʻllanayotgan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi joʻnalish kelishigida beriladi.
2. Hujjatni yozgan shaxsning lavozimi, ismi, ota ismining bosh harflari va familiyasi chiqish yoki qaratqich kelishigida beriladi.
3. Hujjatning nomi (Tushuntirish xati).
4. Asosiy matn (zarur holatda tushuntirish xatiga hujjatlar ilova qilinishi mumkin).
5. Hujjat yozilgan sana.
6. Imzo.
7. Hujjatni yozgan shaxsning ism-familiyasi.
Adabiyotlar roʻyxati:
1. Imamova T., Tuxvatoʻllina L. Ish qogʻozlari qanday yoziladi? -Toshkent, 1992.
2. Tojiev Yo., Hasanova N.,Tojimatov Q., Yoʻldosheva O.oʻzbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. -Toshkent, 1994.
3. Mahmudov N., Rafiev A., Yoʻldoshev I. Davlat tilida ish yuritish (oʻquv qoʻllanma) .-Toshkent, 2004.
4. Mahmudov N., Rafiev A., Yoʻldoshev I. Davlat tilida ish yuritish (darslik) .-Toshkent, 2006.
5. Mukarramov M. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining ilmiy stili. – T., “Fan” 1984.
6. Qurbonov T.I. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining publisistik uslubi. ND. T., 1987.
Nazorat savollari: 1. Yoʻriqnoma, nizom, ustav ‒ bular qanday hujjatlar?
2. Tilxat, tushuntirish xati, hisobotning tarkibiy qismlari?