7-mavzu. Yoʻriqnoma, nizom, ustav, tilxat,TUSHUNTIRISH XATI Yoʻriqnoma



Yüklə 16,5 Kb.
səhifə1/3
tarix24.01.2023
ölçüsü16,5 Kb.
#80466
  1   2   3
7-mavzu. Yo?riqnoma, nizom, ustav, tilxat,TUSHUNTIRISH XATI Yo?r


7-mavzu. YOʻRIQNOMA, NIZOM, USTAV, TILXAT,TUSHUNTIRISH XATI
YOʻRIQNOMA. Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat. Muassasa, korxona, tashkilot, yuridik
shaxslar va boshqalar (ularning boʻlinmalari, xizmatlari), mansabdor shaxs va fuqarolarning tashkiliy, ilmiy-texnikaviy, moliyaviy va boshqa faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida oʻrnatish maqsadida davlat yoki jamoat boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi (yoki ularning rahbarlari tasdiqlaydi).
Yoʻriqnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Eng yuqorida tasdiqlash ustxati.
2. Hujjatning sarlavhasi, nomi (yoʻriqnoma)
3. Matn (kirish qismi, boiimlari, kichik boʻlimlari va h.k.).
4. Yoʻriqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasi, uning imzosi.
5. Yoʻriqnoma tuzilgan vaqt (sanasi) va tartib raqami, shartli raqami (indeksi).
Zaruriy qismning 1-raqamida tasdiqlovchi soʻz («Tasdiqlayman»), boshqaruv organi rahbari lavozimi koʻrsatilgan yozuv, uning imzosi,
sanasi boʻladi:

«T A S D I Q L A Y M A N »


Oʻzbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi prezidenti
_______________________
(imzo) 2011.15.05
Yoki tasdiqlovchi buyruq yoki yigʻilish qarorining qaydi (tartib raqami, sanasi) keltiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Prezidiumining
2011.12.05 dagi ______ raqamli
qarori bilan tasdiqlangan:

Sarlavha bilan hujjat nomi qoʻshilgan holda keladi. Lekin hujjat nomi («Yoʻriqnoma» soʻzi), odatda, sarlavhadan keyin xat boshidan katta harflar bilan yoziladi. Sarlavha yoʻriqnoma talablari qaratilgan masala, mavzu yoki shaxslarni aniq chegaralab ifodalashi kerak.


Masalan:
Ish yuritishni joriy qilish haqida
YOʻRIQNOMA
Yoʻriqnomaning matni boʻlimlardan tarkib topadi, boʻlimlar modda va bandlarga boʻlinishi mumkin. Yoʻriqnoma odatda, «Umumiy qoidalar» deb ataladigan kirish qismidan boshlanadi. Unda yoʻriqnomaning maqsadi, rioya qilinish doirasi, foydalanish tartibi va boshqa umumiy masalalar koʻrsatiladi. Matnning asosiy qismi aniq koʻrsatma beruvchi xususiyatga ega boʻladi. Bunda «lozim»,«kerak», «zarur», «yoʻl qoʻyilmaydi», «mumkin emas» kabi soʻzlar qoʻlla­nadi. Matn uchinchi shaxs nomidan yoki shaxssiz bayon qilinadi.
Yoʻriqnomalar ichida xodimning lavozim (mansab) yoʻriqnomasi alohida guruhni tashkil etadi. Unda umumiy qism, xodimning vazifalari, burchlari, huquqlari, ishni baholash mezoni va xodimning javobgarligi koʻrsatiladi. Lavozim yoʻriqnomasini xodimning bevosita rahbari ishlab chiqadi, soʻng boʻlim mudiri yoki muassasa rahbari tasdiqlaydi. Chunonchi, bosh buxgalter muassasaning boshqa buxgalter xodimlar uchun, bosh muhandis qurilish-montaj ishidagi yoki boshqa sohadagi xodimlar uchun lavozim yoʻriqnomalari ishlab chiqadi.
Bunday yoʻriqnomalar, boshqalar kabi, muassasa yoki uning boshqaruv organlari tasdiqlagandan soʻng yuridik kuchga kiradi.
Lavozim yoʻriqnomasining oʻziga xos zaruriy qismlari bor:
1. Muassasa yoki uning boʻlinmasi nomi (aksariyat hollarda
hududiy-ma’muriy boiinish asosida).
2. Hujjatning nomi (lavozim yoʻriqnomasi).
3. Tasdiqlash ustxati.
4. Sanasi.
5. Shartli raqami.
6. Joyi.
7. Sarlavhasi.
8. Matni.
9. Imzo.
Qoida, metodik tavsiyan oma, metodik koʻrsatma kabi amaliyotda koʻp qoilanadigan hujjatlar ham mohiyat-e’tibori bilan keng ma’noda yoʻriqnoma hisoblanadi.
Qoida - muayyan harakat tartibotini belgilaydi (masalan, idora joylashgan uy-joydan foydalanish qoidasi; arxivga hujjat materiallarini topshirish qoidasi) yoki oʻrnatilgan me’yor asosida bajariladigan xatti-harakatni koʻrsatadi (ichki mehnat tartibi qoidalari, oliy oʻquv yurtiga qabul qilish qoidasi).

Yüklə 16,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin