N IZOM -U STA V.Tashkilot yoki uning tarkibiy boiinmalari, kichik yoki qoʻshma korxona va shu kabilarning tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilish tartibini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar (koʻrik, musobaqa, tanlov va boshqalar)ga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Koʻpincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan (yoki tegishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi. Muassasaning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qoʻyish bilan kuchga kiradi.
Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan belgilanadi.
Nizomning asosiy zaruriy qismlari:
1. Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasaning (tarkibiy qismning) nomi.
2. Hujjat turining nomi (nizom).
3. Mazmuni (matni): muassasa tuzilishining maqsad va asoslari; asosiy vazifalari; muassasaning tuzilishi, huquqi, ishni tashkil qilish tartibi.
4. Muassasa rahbarining imzosi.
5. Sana va joy.
6. Tasdiqlash ustxati (yuqori qismida oʻng burchakda joylashadi).
Tashkilot tuzilishi bilan bogʻliq nizomlarda «muassasa rahbari imzosi» oʻrniga jamoa umumiy yigʻilishi tasdigʻi sanasi qoʻyiladi, shuningdek, ularda tegishli hokimiyatda tasdiqlanadigan sana, qaror raqami ham qayd etiladi. Shu munosabat bilan ularda rekvizitlarning joylashish shakli umumiy shakldan oʻzgacharoq boʻlishi mumkin.
Ustav muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, tashkilot, muassasaning tuzilishi, vazifasini yoʻnaltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuidir. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan meyoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir.
U koʻproq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar boʻyicha tuziladi. Chunonchi, davlat nashriyotlari boʻyicha namunaviy ustav qabul qilingan, shu asosda har bir nashriyot oʻz nizomini qabul qiladi. Ustavning zaruriy qismlari nizomning zaruriy qismlariga oʻxshash boʻladi. Lekin ustavning mazmun qismida moliyaviy va moddiy bazalari, hisobot berish, taftish organlari ishining tartibi va shu kabilar koʻrsatiladi.
Tarmoq (soha)ning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, uning ustavida qoʻshimcha qismlar ham boʻlishi mumkin. Masalan, aksiyadorlik jamiyatlari ustavida a’zolik haqidagi qoida: aksiyadorlik jamiyatiga a’zo boʻlish, undan chiqish yoki chiqarish va shu kabi qoidalar boʻladi.
TILXAT. Bir kishining boshqa bir kishidan yoki ishxonadan pul-buyum va biron rasmiy qogʻozni olganlikni tasdiqlaydigan hujjat. Uning yozilishi quyidagicha: Tilxat degan soʻz, tilxatni beruvchining lavozimi, ismi-familiyasi, pul-buyum yoki boshqa biron narsaning aniq nomi va qanchaligi, agar u texnik vosita boʻlsa, uning holati kabilar koʻrsatilib, olganligi e’tirof etilgan matn, soʻngida esa sana va imzo qoʻyiladi.
Tilxatga tuzatishlar kiritilmaydi. Agar guvohlar boʻlsa, ular ham koʻrsatiladi. Tilxat davlat notariusi, fuqarolar yigʻinlari tomonidan tasdiqlanishi ham mumkin.
TUSHUNTIRISH XATI. Tushuntirish xati talaba yoki xodim, ishchi yoki xizmatchi tomonidan ta’lim-tarbiya yoki ishlab chiqarish jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, tartib-qoidaga rioya qilinmaganlik sabablari koʻrsatilib yozilgan xatdir. Rahbar oʻz nomiga yozilgan tushuntirish xati asosida xodimga nisbatan qanday chora koʻrish-koʻrmaslik haqida ma’lum xulosaga keladi. Uning zaruriy belgilari quyidagicha: tushuntirish xati kimga va kimdan yoʻllanmoqda, tushuntirish xati yozuvi, asosiy matn, imzo, sana.