1
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi huzuridagi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar
agentligining
2021-yil “__”-oktyabrdagi ___-son buyrug‘iga
3-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot
va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi va uning tarkibiy tuzilmalarida
manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari
(keyingi o‘rinlarda – Agentlik)da manfaatlar to‘qnashuvini
aniqlash, uning oldini olish va
tartibga solish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom qoidalari egallab turgan lavozimi
va bajarayotgan xizmat
vakolatlaridan qat’iy nazar Agentlikning barcha xodimlariga tegishli.
4. Mazkur Nizom Agentlikda yuzaga kelgan va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va boshqarish masalalaridagi asosiy ichki hujjat
hisoblanadi va barcha xodimlar tomonidan so‘zsiz rioya qilinishi shart.
5. Agentlik xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq
masalalar
Agentlikning Kadrlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘linmalar (keyingi o‘rinlarda –
Kadrlar bo‘limi deb yuritiladi) tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
6. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
aloqador shaxslar
– Agentlik xodimi bilan tijorat tashkilotlarining
ustav kapitalida
ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan
aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi
bundan
mustasno;
kronizm
–
do‘stlar yoki ishonchli shaxslarga noqonuniy imtiyozlar taqdim etish
maqsadida hokimiyat (lavozim mavqyesidan) va obro‘sidan
foydalanish;