6-bob. Axborotning konfedensialligi
25. Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilishda qatnashadigan xodimlar olingan
ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi va ushbu ma’lumotlardan faqat ko‘rib chiqish,
hisobga olish va hal etish choralarini ko‘rish hamda ushbu jarayonni nazorat qilish uchun
Mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishini ta’minlashi lozim.
26. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Agentlikning
xodimlarida manfaatlar
to‘qnashuvi fakti yoki gumoni haqidagi xabar bilan Agentlikga murojaat qilinganida uni
ko‘rib chiqish O‘z xavfsizlik xizmati tomonidan Kadrlar bo‘limi bilan hamkorlikda mazkur
Nizom va boshqa ichki hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
7-bob. Reestrni yuritish va saqlashga qo‘yiladigan talablar
27. Agentlikning Kadrlar bo‘limi manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining
hisobini mazkur
Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Reestrga kiritish yo‘li bilan o‘z vaqtida va to‘liq
yuritishlari shart. Bunda, hududiy va tarkibiy bo‘linmalarning Reestridagi ma’lumotlar
markaziy apparat Kadrlar bo‘limi tomonidan Agentlikning umumiy Reestiriga birlashtirib
boriladi. Umumiy Reestr Agentlikning O‘z xavfsizlik xizmatiga har chorakda taqdim etib
boriladi.
28. Ma’lumot Reestrga quyidagi hollarda kiritilishi kerak:
Agentlikga ishga qabul qilishda – nomzod manfaatlar to‘qnashuvining
mavjudligi/mavjud emasligi haqida arizada manfaatlar to‘qnashuvining
mavjudligini
ko‘rsatgan bo‘lsa va Agentlik rahbari manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishi mumkinligi
faktini tasdiqlasa;
9
lavozimga tayinlash/rotatsiya qilish vaqtida manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilishda –
Agentlik rahbari tomonidan buyruq imzolangan paytdan
boshlab uch ish kunidan
kechiktirmasdan;
manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishiga ko‘ra – Kadrlar bo‘limi va xodimning bevosita
rahbari tomonidan chora ko‘rilgan taqdirda;
Agentlik xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlar
har yili
deklaratsiya qilinganda – mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq;
manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi haqida aloqa kanallaridan olingan ma’lumot
tasdiqlanganda;
ichki xizmat tekshiruvlari o‘tkazilganda va Agentlikning korrupsiyaga qarshi
kurashish siyosati va talablariga rioya qilinishi monitoring qilinganda hamda Agentlik rahbari
tomonidan Reestrga ma’lumot kiritish haqida bevosita ko‘rsatma bo‘lganida.
29. Xodimlarning manfaatlar to‘qnashuviga tegishli bo‘lgan
ariza va xabarnomalari
hamda boshqa ma’lumotlar Kadrlar bo‘limida saqlanadi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
30. Egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, barcha xodimlar,
ushbu Nizomning
talablariga rioya qilish, shuningdek, o‘z manfaatlarining to‘qnashuvi to‘g‘risida Agentlikga
o‘z vaqtida va to‘liq ma’lumot berish bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
31. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan
tartibda javobgarlikka
tortiladi.