Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida konfidensial
axborotlarning xavfsizligini tashkil etish va ta'minlash tartibi to'g'risidagi
NIZOM
1.
Umumiy qoidalar
1.
Ushbu Nizom Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keying o'rinlarda -
Vazirlik) tizimidagi axborotlashtirish obyektlarida
konfidensial axborotlarning
xavfsizligini tashkil etish va ta'minlash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning talablari Vazirlik tizimining axborotlashtirish obyektlarida davlat
axborot resurslari hamda tizimlarining axborotlashtirish obyektlari bilan
integratsiyalashuvi jarayonida konfidensial axborotlarni muhofazalashda qo'llaniladi.
2.
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
konfidensial axborotlar -
davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlarni o'z ichiga
olmagan va erkin foydalanilishi qonunchilikka
muvofiq cheklangan, oshkor qilib
bo'lmaydigan hujjatlashtirilgan axborotlar;
axborotlashtirish obyekti -
turli darajadagi va maqsadlardagi axborot tizimlari,
telekommunikatsiya
tarmoqlari, axborotga ishlov berishning texnik vositalari,
ushbu
vositalar o'rnatilgan va ishlatiladigan xonalar, shuningdek, muzokaralar, shu jumladan,
konfidensial muzokaralar olib borish mo'ljallangan alohida xonalar;
abonent
- tashkilotning axborot tarmog'iga ulanish va o'zaro bog'liqlikda aloqada
bo'lish huquqiga va texnik imkoniyatlarga ega bo'lgan shaxs;
abonent
punkti
-
tashkilotda kommunikatsiya vositalari yordamida
umumfoydalaniladigan axborot tizimiga ulanadigan axborot vositalari, jumladan:
modem va boshqa uskunalar bilan jihozlangan va
boshqa kompyuterlar bilan
bog'lanish kanallariga ega bo'lmagan shaxsiy (kompyuter, noutbuk, netbuk, planshet)
elektron-hisoblash mashinalari (bundan keyin - SHEHM);
ishchi stansiyalar va serverlarga ega bo'lgan kommunikatsion jihoz va uskunalar
orqali ulangan bir yoki bir necha birlashgan lokal kompyuter tarmoqlari (modemlar,
shlyuzlar, marshrutizatorlar,
routerlar, multipleksorlar,
kommunikatsion serverlar va
boshqalar];