V. Axborot va avtomatlashtirilgan tizimlarda ishlov berilayotgan
konfidensial axborotni muhofazalash bo'yicha talablar
53.
Turli darajadagi va maqsad-yo'nalishdagi axborot va avtomatlashtirilgan
tizimlarda ishlov beriladigan axborotni muhofazalash tizimi tashkiliy, dasturiy, texnik va
zarurat bo'lganda unga avtomatlashtirilgan ishlov berishda axborotni muhofazalash
kriptografik vositalari kompleksini o'z ichiga olishi lozim.
54.
Axborotni muhofazalashning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
axborotni ruxsat etilmagan kirish va maxsus ta'sirlar natijasida uni o'g'irlash,
yo'qotish, chetga chiqish, olib qo'yish, yo'q qilish, buzish va soxtalashtirishdan himoya
qilinishini ta'minlash;
axborotga ishlov berish paytida texnik kanallar orqali uning chiqib ketishidan
muhofaza qilinishini ta'minlash.
55.
O'zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasi bo'yicha davlat
standartlari va boshqa hujjatlari talablari bilan birgalikda, axborot va
avtomatlashtirilgan tizimlarga axborotni muhofazalash borasida quyidagi choralar
qo'llanilishi lozim:
konfidensial axborotlar tarkibiga kiruvchi ma'lumotlar ro'yxatini hisobga olgan
holda, axborot va u bilan bog'liq ishlar, hujjatlarga ijrochilar (foydalanuvchi, xizmat
ko'rsatuvchi xodim) kirishiga, foydalanishiga ruxsat berish tizimini joriy qilish va amalga
oshirish;
xodimlar va begona shaxslarning muhofaza qilinayotgan xonalarga kirishini
cheklash;
qog'oz va mashinada axborot tashuvchilar, kalitlarni (kalitli hujjatlar) o'g'rilash,
almashtirib qo'yish va yo'q qilishga yo'l qo'ymaslik maqsadida aylanishini hisobga olish
va ishonchli saqlash;
zarur miqdorda texnik va kriptografik vositalarining zaxirasini, axborot massiv va
tashuvchilarini takrorlash (dubl qilish);
elektromagnit mosligi standart talablariga muvofiq sertifikatsiya qilingan texnik
vositalaridan foydalanish;
axborotlashtirish obyektlarini nazorat qilinadigan hudud chegarasiga nisbatan iloji
boricha maksimal masofada joylashtirish;
axborotni aks ettiradigan displey va boshqa vositalarni axborotni ruxsat bermasdan
ko'rib chiqishga yo'l qo'ymaydigan darajada joylashtirish;
axborot signalini blokirovka (bosib qo'yadigan) qiladigan himoya filtrlari
yordamida axborotlashtirish obyektlari elektr ta'minot zanjirlarini taqsimlash;
qo'riqlash kuchlari va texnik vositalar yordamida xonalar va texnik vositalarni
jismoniy muhofazasini tashkil etish hamda shu yo'l bilan bino va himoya qilinayotgan
xonalarga begona shaxslar kirishining oldini olish yoki kirishini jiddiy ravishda
qiyinlashtirish;
avtomatlashtirilgan tizimlarga virus dasturlar, dasturiy qistirmalarni kiritilishining
oldini olish.
56.
Amalda barcha, lekin avval toifalashtirilmagan va ishlab chiqilayotgan
konfidensial axborotga ishlov berish uchun mo'ljallangan, avtomatlashtirilgan tizimlar
klassifikatsiyalanishi tasniflanadi.
57.
Agar avval toifalashtirilgan axborot, avtomatlashtirilgan tizim kompyuter
tarmog'i yoki tizim tarkibiga kiritilsa va turli fizik jismli texnik vositalari bilan birlashsa,
bu holda vujudga keladigan yuqoriroq darajadagi avtomatlashtirilgan tizim yaxlit holda
tasniflanadi,
quyi
darajadagi
avtomatlashtirilgan
tizimga
nisbatan
esa
klassifikatsiyalashni tasniflash amalga oshirilmaydi.
Himoya qilinish turli darajadagi avtomatlashtirilgan tizimlar birlashganda
integratsiya qilingan tizim unga kiruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar himoya qilinishi
eng baland darajasi bilan tasniflanadi. Birlashayotgan tizimlarning har biriga himoya
qilinishi o'z darajasini saqlab qolish imkoniyatini beradigan, ularni tarmoqlararo ekran
orqali birlashtirish hollari bundan mustasno.
58.
Konfidensial axborotlarni avtomatlashtirilgan ishlov berish huquqi berilgan
shaxslar tashkilotda axborotni muhofazalashni ta'minlash tartibiga rioya qilish uchun
javobgardirlar.
59.
Avtomatlashtirilgan tizimni ishlatish jarayonida konfidensial axborotlarning
muhofaza qilinishini ta'minlash uchun quyidagi asosiy talablarga rioya qilinishi lozim:
avtomatlashtirilgan tizimda ishlaydigan xodimlarning (foydalanuvchilar, xizmat
ko'rsatuvchi xodimlar) himoya qilinayotgan axborotga kirishiga ruxsat berish
belgilangan tartibga binoan amalga oshirilishi lozim;
himoya kildinayotgan axborotga ishlov berish vaqtida, axborotga ishlov berish
vositalari joylashgan xonalarda faqat ishlov berilayotgan axborotga kirishga belgilangan
tartibda ruxsat berilgan shaxslar bo'lishi mumkin;
muhofaza qilinayotgan xonalarda zarur profilaktik yoki ta’mirlash ishlarini amalga
oshirish uchun boshqa shaxslar faqat tashkilot rahbari yoki xavfsizligi xizmati rahbari
ruxsati bilan kiritiladi;
avtomatlashtirilgan tizimda muhofaza qilinayotgan axborotga ishlov berish
dasturini o'zgartirish yoki yangi dasturni kiritish avtomatlashtirilgan tizim ma'muri
tomonidan amalga oshiriladi;
axborot va avtomatlashtirilgan tizim ma'murlari ishdan bo'shatilganda yoki boshqa
lavozimga o'tkazilganda xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda parol, identifikator va
kriptografik kalitlarni tezkorlik bilan o'zgartirish choralari ko'riladi;
60.
Axborot va avtomatlashtirilgan tizimda axborotga ishlov berish texnologik
jarayonida foydalaniladigan barcha axborot tashuvchilar ushbu axborotga ishlov
beruvchi avtomatlashtirilgan tizim egasi bo'lgan ishlab chiqarish, ilmiy yoki funksional
bo'limda hisobga olinishi shart. Bu hisob ushbu Nizomning 2-ilovasiga binoan shakldagi
olib qo'yiladigan axborot tashuvchilar hisobga olish jurnalida yuritiladi.
61.
Foydalanuvchi
tomonidan
vaqtincha
foydalanilmayotgan
axborot
tashuvchilarni begona shaxslar kirishi mumkin bo'lgan joylarda saqlanishiga yo'l
qo'yilmaydi.
62.
Konfidensial axborot nazorat qilinadigan yagona hudud doirasiga joylashgan
izolyatsiya qilingan LKTlarda ishlov berilishi mumkin. Uzoqda joylashgan
axborotlashtirish obyektlari mavjud bo'lgan holda sertifikatsiya qilingan axborotni
kriptografik muhofazalash vositalaridan foydalaniladi.
63.
LKTlarni boshqarish va LKT tizim resurslarini taqsimlashda, jumladan, LKTda
ishlov berilayotgan (saqlanayotgan, berilayotgan) axborotni muhofazalash vositalarini
boshqarish, avtomatlashtirilgan tizim ma'murlariga qo'shimcha LKTda muhofaza
qilinayotgan axborotga kirish bo'yicha zarur imtiyozlarga ega, axborot muhofazasi
(xavfsizligi) bo'yicha ma'murlarni tayinlash mumkin.
64.
LKTdan foydalanuvchilar tarkibi ro'yxati tashkilot (tuzilma bo'linmasi) rahbari
yozma ruxsati bilan belgilanadi va qat'iy nazorat qilinadi. Foydalanuvchilar tarkibidagi,
ularning huquqlari va imtiyozlaridagi barcha o'zgarishlar ro'yxatga olinishi lozim.
65.
Ma'lumotlar bazasini yaratishda quyidagilar zarur:
ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarini tanlashda axborotni muhofazalash
sertifikatsiya qilingan shtatdagi vositalar yoki axborotni muhofazalash tizimi
ko'rinishidagi sertifikatsiyalangan tegishli qo’shimchalari mavjud bo'lgan operatsiya
tizimlari va bazalarini boshqarish tizimlarga qarab ish tutish lozim;
ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlaridan foydalanishda kirishni
chegaralovchi vositalari mavjud bo'lmagan axborot bazalarini alohida fayllarga bo'lish
zarur. Ularga kirishni chegaralashni operatsion tizimi yoki axborotni muhofazalash
tizimi vositalari bilan amalga oshirish kerak.
kliyent-
server modeliga asoslangan ma’lumotlar bazalarining zamonaviy
boshqarish tizimlaridan foydalanganda, ular shtatidagi axborotni muhofazalash
vositalaridan foydalanish, ma'lumotlar bazasi obyektlariga kirishni cheklashda
registratsiya (audit) va huquq, imtiyoz, rol, tasawur, qayta tikiash vositalarini qo'llash
zarur.
Dostları ilə paylaş: |