VI. Axborot resuslarida mavjud bo'lgan konfidensial axborotlarni
abonentlar umumiy foydalanishidagi axborot tarmoqlari orqali o'zaro
bog'lanishlari paytida muhofazalash bo'yicha talablar
66.
Umumiy foydalanishdagi axborot tarmoqlari orqali bog'lanishda vujudga
keladigan axborot xavfsizligiga bo'ladigan asosiy tahdidlar quyidagilardan iborat:
ichki LKTda (server, ishchi stansiyalar) saqlanuvchi va ishlov berilayotgan yoki
avtonom SHEHMlarda umumiy foydalanishdagi axborot tarmoqlari orqali axborotlarga
ruxsatsiz kirish;
tashkilot ichki LKTni umumiy foydalanishdagi axborot tarmoqlari bilan ulaydigan
kommunikatsion jihozlarga (marshrutizatorlar, konsentratorlar, multipleksorlar,
serverlar, Web/Proxy serverlar) ruxsatsiz kirish;
ichki LKT va umumiy foydalanishdagi axborot tarmoqlari orasida beriladigan
ma’lumotlarga (xabarlarga), shu jumladan, u
larning modifikatsiyasi, imitatsiyasi va yo'q
qilinishiga ruxsatsiz kirish;
"zararlangan” fayllar usuli yoki elektron pochtadan foydalanish va "zararlangan"
skriptlarni bajarish yo'li bilan kompyuterlar dasturiy ta’minotini "viruslar” bilan
zararlash;
axborotga ruxsatsiz kirish maqsadida dasturiy qistirmalarni kiritish, shuningdek,
ichki LKTning umumiy foydalanishdagi axborot tarmoqlari bilan bog'langanda ishini
buzish;
LKTdan umumiy foydalanish tarmoqlariga sertifikatsiya qilingan axborotni
kriptografik muhofazalash vositalaridan foydalanmasdan konfidensial axborotlarni
uzatish;
ikkinchi darajali elektromagnit nurlanish va shunday axborotga ishlov berayotgan
texnik vositalaridan navodkalar hisobiga ichki LKT axborotini yo'lda tutib olish
imkoniyati.
67.
Umumiy foydalanish axborot tarmoqlariga abonent punktini ulanishi tegishli
asos bo'lganda rahbariyat qaroriga binoan amalga oshiriladi.
68.
Umumiy foydalanish axborot tarmoqlariga abonent punktining ulanish
zaruratining asosnomasi o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
ulanish amalga oshirilayotgan provayder mulkdor tashkilot rekvizitlari;
abonent punktini jihozlash uchun texnik vositalar tarkibi;
yaxlit abonent punkti va xususan har bir abonent uchun mo'ljallangan ish turlari va
umumiy foydalanishdagi axborot tarmog'ida ishlatiladigan amaliy servislari (elektron
pochta, fayliar almashuvi, masofadan turib tizimga kirish, Web-server bilan ishlash);
abonent punkti va abonentlarni umumiy foydalanishdagi axborot tarmoqlariga
ulanishi rejimi (doimiy, shu jumladan kechayu kunduz, vaqtincha);
abonent punkti va abonentlarni dasturiy ta'minot tarkibi (operatsion tizim, tarmoq
uchun mijozlar amaliy dastrurlari - brauzerlar);
abonentlarning ehtimoliy soni va ro'yxati (foydalaniladigan IP-manzillari
diapazoni);
abonent punktida qo'llaniladigan axborot muhofazasi chora va vositalari,
tayyorlovchi tashkilot, o'rnatuvchi, konfiguratsiya, ular bilan ishlash qoidalari, axborotni
muhofazalash kriptografik vositalarini sertifikatsiya qilish to'g'risidagi ma'lumotlar;
abonent punktida ishlov berilayotgan (saqlanayotgan), uzatilish lozim bo'lgan va
umumiy foydalanish tarmog'i orqali olinadigan konfidensial axborotlarni tashkil etuvchi
ma’lumotlar ro'yxati.
69.
Ruxsatsiz kirishdan axborotni muhofazalash vositalari bilan jihozlanmagan
umumiy foydalanishdagi axborot tarmoqlariga abonent punktini ulash huquqi abonent
punktida faqat ochiq axborot resurslariga ishlov berish holatlarida ruxsat beriladi.
70.
Konfidensial axborotga ishlov beriladigan LKTdan iborat bo'lgan umumiy
foydalanishdagi axborot tarmoqlariga abonent punktini ulashga faqat abonent punktida
ushbu bo'limda bayon etilgan talablarga javob beruvchi axborotni ruxsatsiz kirishdan
muhofazalash vositalari o'rnatilgandan so'ng ruxsat etiladi.
71.
Abonent punktining umumfoydalanadigan axborot tarmog'iga ulanishiga
tarmoq provayderi orqali o'rnatilgan tartibda ruxsat etiladi.
72.
Vazirlik tizimida LKTni umumfoydalaniladigan axborot tarmog'iga ulash
tegishli darajada muhofazalangan tarmoqlararo ekran ko'rinishidagi tizimga kirishni
cheklovchi vositalar orqali amalga oshiriladi.
73.
Tarmoqlararo ekranga, uning konfiguratsiyasini shakllantiruvchi vositalarga
konsoldan kirish faqat axborotni muhofazalovchi (xavfsizligini ta'minlovchi) ma’mur
tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ekranni uzoqdan turib boshqarish vositalari
konfiguratsiyadan chiqarib tashlanadi.
74.
Abonent
punkti
tarmoqlararo
ekran
yordamida
abonentlarning
umumfoydalaniladigan axborot tarmoqlari tashqi serverlari bilan aloqa seanslari
yaratilishini ta'minlashlari va ushbu serverlardan abonentlarning so'rovlariga javob
olishlari lozim. Tarmoqlararo ekranning sozlanishi abonent puktiga yuboriladigan har
qanday tashqi (begona) so'rovlarning inkor etilishini ta'minlashi zarur.
75.
Vazirlik tizimida pochta server va Web-serverdan foydalanganda ularni
abonent punktining LKT tarkibiga ulanishiga yo'l qo'yilmaydi. Serverlarni
umumfoydalaniladigan axborot tarmoqlariga ulash, alohida tarmoq fragmentlari
bo'yicha marshrutizator orqali amalga oshiriladi.
76.
Abonent punktining texnik vositalarida dasturiy ta'minot faqat abonent
punktini umumfoydalaniladigan axborot tarmoqlariga ulash zarurligi haqidagi
asosnomada bildirilgan konfiguratsyadagi ishlarni bajarish uchun foydalaniladi
(asosnoma tashkilotda belgilangan tartibda tuzatilishi mumkin).
Portlarga bog'lanishini talab etmaydigan amaliy serverlarni faollashtirishga yo'l
qo'yilmaydi.
77.
Abonent punkti faoliyatini ta'minlaydigan dasturiy ta'minot o'rnatish axborot
muhofazasi (xavfsizligi) ma’muri nazorati ostida, vakolatli mutaxassislar tomon
idan
amalga oshiriladi. Abonent punktining abonentlari ushbu dasturiy ta'minotni mustaqil
ravishda o'rnatish va modifikatsiya qilish huquqiga ega emaslar. Dasturiy ta’minot
xarakteristikasini yaxshilash, "viruslar”, deklaratsiya qilinmagan imkoniyatlar
mav
judligini aniqlash bo'yicha ekspertiza axborot muhofazasi (xavfsizligi] ma’muri
tomonidan amalga oshiriladi.
Ekspertizadan o'tmagan va foydalanishga tavsiya etilmagan dasturiy ta'minotdan
foydalanganlik uchun to'liq javobgarlik shaxsan axborot muhofazasi (xavfsizligi)
ma’muri zimmasiga yuklatiladi. Shunga o'xshash dalillar aniqlanganda axborot
muhofazasi (xavfsizligi) ma’muri abonentning ish joyini umumfoydalaniladigan axborot
tarmog'i va LKTdan uzib qo'yadi va bu haqda rahbariyatni xabardor qiladi.
78.
Vazirlik tizimining mustaqil SHEHM, ishlash stansiyalari va ichki LKT
serverlarida konfidensial axborotlarga ishlov berilayotganda axborotni muhofazalash
vositalari quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
mustaqil SHEHM, ishchi stansiyalar va ichki LKT serverlaridan foydalangan LKT
foydalanuvchilarini identifikator va parol bo'yicha identifikatsiya va autentifikatsiyasini
o'tkazish;
mustaqil SHEHM, ishchi stansiyalar va ichki LKT serverlar resurslariga kirishni
diskretsion prinsipda nazorat qilish;
mustaqil SHEHM, ishchi stansiyalar va ichki LKT serverlar resurslariga kirishni, shu
jumladan, ruxsatsiz foydalanishga harakat qilishni ro'yxatga olish;
abonent tomonidan xabarlar (fayl, xat, hujjatlar) yuborish va qabul qilish faktlarini
ro'yxatga olish.
Bunda axborotni muhofazalash vositalari abonent tomonidan, abonent punktini
dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilmagan, o'zboshimchalik bilan qilingan ixtiyoriy
dasturlarni kiritilishini taqiqlashi lozim.
Abonent punkti dasturiy ta'minlash konfiguratsiyasi modifikatsiyasiga kirish
huquqi faqat abonent punktidan foydalanish uchun mas’ul bo'lgan axborot muhofazasi
(xavfsizligi) ma'muriga berilgan.
Abonentlarning ro'yxatga olish vositalari va ro'yxatga olinadigan ma'lumotlarga
kirishini cheklash, axborot muhofazasi vositalarini ruxsatsiz modifikatsiya qilishdan
muhofazalash ta'minlanadi hamda muhofazani nazorat qilish mexanizmlarini xilof
ravishda chetlab o'tilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Axborot muhofazasi vositalari barcha funksiyalarini maxsus dasturiy vositalar
yordamida testlash, tashkilotning xavfsizlik xizmati tomonidan bir yilda kamida bir
marta amalga oshiriladi.
79.
Abonent punktining texnik vositalari alohida muhofazalangan xona
(umumfoydalaniladigan axborot tarmoqlariga ulangan mustaqil SHEHM mavjud bo'lsa)
yoki umumfoydalaniladigan axborot tarmoqlarida abonentlarning ruxsatsiz ishlashiga
yo'l qo'ymaydigan tashkiliy va texnik choralar ko'rilgan holda, abonentlarning ishchi
xonalarida joylashtiriladi. Ish vaqti tugagandan keyin mazkur xonalarning kaliti
qo'riqlash xizmati xodimlariga o'rnatilgan tartibda topshiriladi.
80.
Abonent punktini yaratish uchun quyidagilar zarur:
tashqi tarmoqlar bilan aloqa qilish uchun tarmoqlararo ekranni Web-server, pochta
serverlari, ularga cheklangan shaxslar (mas’ul mutaxassislar, ax
borot muhofazasi
(xavfsizligi) ma’muri) kirishi mumkin bo'lgan alohida himoyalangan xonada yoki
ruxsatsiz foydalanishga yo'l qo'yilmaydigan tashkiliy va texnik choralarni ko'rgan holda,
abonentlarning ishchi xonalarida joylashtirish. Ichki LKTga skanerlar yordamida yasama
tashqi hujumni tashkil etgan holda vaqti- vaqti bilan tarmoqlararo ekranning ishga
layoqatliligini tekshirib turish talab etiladi. Tarmoqlararo ekranlarga har qanday boshqa
amaliy servislarni o'rnatish taqiqlanadi (ma’lumotlar bazasini bos
hqarish tizimi,
elektron pochta, amaliy server);
tashkilot Web-serverida joylashtirilayotgan axborotni doimiy ravishda nazorat qilib
borish. Buning uchun Web-
serverda ma’lumotlar saqlash uchun mas’ul (javobgar)
shaxsni tayinlash lozim. Ochiq nashr etishga ruxsat berilgan axborotni Web-serverda
joylashtirish tartibiga rioya etilishini ko'zda tutish zarur.
81.
Umumfoydalaniladigan axborot tarmoqlarida ishlashga ruxsat etilgan, tegishli
vakolatga ega shaxslar (abonentlar) hamda abonent punktlaridan foydalanish va
umumfoydalaniladigan axborot tarmoqlarida ishlaganda axborot xavfsizligini ta'minlash
bo'yicha tadbirlar ijrosini nazorat qilishga mas’ul shaxslar (tashkilot bo'linmalari
rahbarlari va axborot muhofazasi (xavfsizligi) ma’muri) tashkilot buyrug'i bilan
belgilanadi.
82.
Abonent punktida axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari xavfsizlik xizmati
tomonidan ishlab chiqiladigan quyidagilarni belgilaydigan qo'llanmada aks ettiriladi:
abonentlarni umumfoydalaniladigan axborot tarmoqlariga ulash va ro'yxatdan
o'tkazish tartibi;
abonent punktida umumtizimli, amaliy kommunikatsion dasturiy ta'minlash
(serverlar, marshrutizatorlar, shlyuzlar, tarmoqlararo ekranlar, brauzerlar) va ularning
yangi versiyalari kurilmalari va konfiguratsiyasini shakllantirish tartibi;
abonentlarning umumfoydalaniladigan axborot tarmog'iga ulangan holdagi
faoliyati davomida abonent punktida axborot muhofazasi vositalarini qo'llash tartibi;
abonentlarning umumfoydalaniladigan axborot tarmog'i, shu jumladan, elektron
pochta bilan ishlash tartibi, ichki va tashqi serverlar tarmog'ini (Webserver) tanlash va
kirish tartibi;
ichki LKTning umufoydalaniladigan axborot tarmoqlari bilan birgalikdagi ishi
davomida abonentlar va axborot muhofazasi (xavfsizligi) ma'murining majburiyat va
mas'uliyatlari;
axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tadbirlarning bajarilishi va abonentlarning
umumfoydalaniladigan axborot tarmog'idagi ishini nazorat qilish tartibi.
83.
Abonent punktida axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tadbirlarning
bajarilishini nazorat qilish tashkilot bo'yicha buyruq bilan belgilangan axborot
muhofazasi (xavfsizligi) ma'muri, tegishli bo'linmalar rahbarlari, shuningdek, xavfsizlik
xizmati rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Dostları ilə paylaş: |