Konfedenlas ma'lumotlar pdf


muhofazalangan axborotlar -



Yüklə 209,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix28.11.2023
ölçüsü209,31 Kb.
#166665
1   2   3   4   5   6   7   8   9
konfidensial ma\'lumotlar nizomi

muhofazalangan axborotlar - 
me'yoriy-huquqiy aktlar va boshqa hujjatlar bilan yoki 
axborot egasi tomonidan belgilangan talablarga muvofiq muhofazalanishi lozim bo'lgan 
axborotlar; 
muhofazalangan joylar - 
maxsus konfidensial tadbirlarni (majlislar, munozaralar, 
konferensiyalar, muzokaralar va h.k.) o'tkazish uchun mo'ljallangan joylar (xizmat 
kabinetlari, majlislar va konferens-zallar va h.k.); 
umumfoydalaniladigan axborot tarmoqlari - 
barcha jismoniy va yuridik 
shaxslarning foydalanishi uchun ochiq bo'lgan kompyuter tizimlari tarmog'i; 
lokal kompyuter tarmog'i (bundan keyin - LKT) - 
cheklangan hudud chegarasida 
(bitta nazorat maydonida) raqamli axborotlarni uzatish uchun bitta yoki bir nechta 
yuqori tezlikdagi kanallarni bog'langan holda qisqa muddatda monopol tarzda tutib 
turish imkoniyatiga ega kompyuterlar tarmog'i; 
axborotlardan ruxsatsiz foydalanish - 
manfaatdor sub'ektlarning muhofazalangan 


axborotlarni normativ-huquqiy aktlar va boshqa hujjatlarda yoki axborot mulkdori 
(egasi) tomonidan o'rnatilgan ma'lumotlarga kirish huquqi va qoidalarini buzgan holda 
olishi; 
axborotlarni qayta ishlash - 
axborotlarni yig'ish, to'plash, kirish, chiqish, qabul 
qilish, uzatish, ro'yxatga olish, saqlash, hisobga olish, yo'qotish, o'zgartirishga qaratilgan 
operatsiyalar majmui; 
asosiy texnik vositalar va tizimlar (bundan keyin - ATVT) - 
konfidensial axborotlarni 
qayta ishlash, uzatishda bevosita foydalaniladigan texnik vositalar va tizimlar 
(kompyuter va boshqa texnik vositalar hamda tizimlar); 
nazorat qilinadigan hudud 
- begona shaxslar va transport vositalarining doimiy yoki 
bir martalik ruxsatnomasisiz kirishi va nazoratsiz turishi mumkin bo'lmagan hudud 
(tashkilot hududi, binosi, binoning bir qismi). Jumladan, quyidagilar nazorat hududi 
chegarasi bo'lishi mumkin: 
tashkilot yon-atrofidagi nazorat hududi; 
agar tashkilot qo'riqlanmaydigan hududda joylashgan bo'lsa, bino yoki binoning 
panjaralar, devor, to'siqlar bilan o'ralgan qismi; 

Yüklə 209,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin