avtomatlashtirilgan tizim adminstratori (ma’muri)
-
avtomatlashtirilgan tizimning
belgilangan tartibda normal ishlashi uchun mas’ul va javobgar shaxs;
axborot muhofazasi (xavfsizligi) ma’muri
-
axboroti xavfsizligi bo'yicha o'rnatilgan
ma'muriy himoya choralarining amalga oshirilishi va ularga muntazam rioya qilinishi,
qo'llanilayotgan jismoniy va texnik muhofaza vositalarining ishini tashkiliy jihatdan
doimiy ravishda bir maromda saqlash, ta'minlash, to'xtashi (susayish, yomonlashish,
uzilish] ga yo'l qo'ymaslik orqali tizimning muhofazasi ta'minoti uchun mas’ul bo'lgan
vakolatli vakil (shaxs yoki shaxslar guruhi);
axborot (ma’lumot) xavfsizligi
-
kompyuter texnikalari yoki avtomatlashtirilgan
tizimlar vositasida qayta ishlanadigan axborotni ichki va tashqi tahdidlardan muhofaza
qilish holati;
yordamchi texnik vosita va tizimlar -
asosiy texnik vositalar va tizimlarda yoki
muhofazalangan joylarda hamkorlikda o'rnatiladigan, konfidensial axborotlarni qayta
ishlash uchun mo'ljallanmagan texnik vositalar va tizimlar;
axborotdan erkin foydalanish (kirish) -
axborotlar bilan tanishish, ularni qayta
ishlash, nusxa ko'chirish, o'zgartirish yoki yo'qotish;
axborotlarni ruxsatsiz foydalanishdan muhofazalash -
muhofazalangan
axborotlardan manfaatdor shaxslarning me'yoriy-huquqiy aktlar, boshqa hujjatlar yoki
muhofazalangan ma’lumot mulkdori (egasi) tomonidan o'rnatilgan huquq va qoidalarni
buzgan holda foydalanishining oldini olishga qaratilgan faoliyat;
Dostları ilə paylaş: