Konfedenlas ma'lumotlar pdf


IV. Og'zaki konfidensial axborotni muhofazalash



Yüklə 209,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix28.11.2023
ölçüsü209,31 Kb.
#166665
1   2   3   4   5   6   7   8   9
konfidensial ma\'lumotlar nizomi

IV. Og'zaki konfidensial axborotni muhofazalash 
bo'yicha talab va tavsiyalar
42.
Ushbu bo'lim talablari muhofaza qilinayotgan xonalar va ularda joylashtirilgan 
ATVTlarni loyihalashtirish, qurish, jihozlash, ishlatish barcha bosqichlarida majburiydir. 
43.
Konfidensial xarakterdagi muzokaralar va tadbirlarni o'tkazishda quyidagilar 
evaziga chetga chiqib ketishining oldini olish bo'yicha choralar ko'riladi: 
xona ichidagi va uning tashqarisidagi tovush o'tkazadigan ochiq joylar (teshiklar, 
derazalar, eshiklar, ventilyatsiya yo'llari, konditsioner tizimi va h.k.) orqali tarqaladigan 
akustik tebranishlar; 
ichki jihoz buyumlarida mavjud bo'lgan vibratsion tebranishlari, shuningdek, 
to'suvchi konstruksiyalar va xonadan tashqariga chiquvchi muhandislik-texnik 
kommunikatsiyalar orqali tarqaladigan tebranishlar; 
muhofazalangan xonada o'rnatilgan texnik vositalaridagi akustoelektrik 
o'zgarishlar (mikrofon effekti) natijasidagi ikkinchi darajali elektromagnit nurlanishlar 
va navodkalar, shu jumladan, ovoz signal! parazit generatsiyasi nurlanishi


modulyatsiyasi va generatorlar ichiga joylashtirilgan yuqori chastotali signallari 
modulyatsiyasi; 
konfidensial ma'lumotlarni qayta ishlovchi vositalar kabel liniyalaridan nazorat 
hududidan tashqariga chiqadigan elektr uzatish liniyalari elektr signallari; 
xonalarni to'suvchi yuzasi va ular intereri buyumlarini to'lqinlar optik diapazoni 
uzunligida tekshirish; 
umumiy foydalanishdagi aloqa turlari orqali axborot tarmoqlari (shahar telefon 
tarmog'i, uyali, tranking va peydjing aloqasi, radiotelefon] moslamalariga yashirincha 
ulanish hisobiga muhofazalangan xonada olib borilayotgan suhbatlarni eshitish; 
maxsus elektron moslamalaridan modulyatsiya qilingan axborot signal! natijasidagi 
radionurlanish va elektr signallar yordamida og'zaki axborotni yo'lda tutib olish. 
44.
Zarurat bo'lganda, muhofazalanayotgan xona va unda o'rnatilgan jihozlar 
axborotni eshitish va olish elektr moslamalari o'rnatilishi ehtimolini aniqlash maqsadida 
yozma murojaatga asosan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiya qilishni tashkil 
etish tizimi sohasidagi vakolatli organ tomonidan maxsus tekshiruv o'tkaziladi. 
45.
Konfidensial tadbirlar o'tkazilayotgan vaqtda muhofaza qilinadigan xonalarda 
radiotelefon, uyali, peydjing va franking aloqalar moslamalari, audio va videoyozuv 
vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. 
46.
Elektr akustik o'zgarishlar hisobiga axborot chiqib ketishiga yo'l qo'ymaslik 
uchun muhofaza qilinayotgan xonalarda to'g'ridan-to'g'ri nazorat qilinadigan hududdan 
tashqarida joylashgan avtomatlashtirilgan telefon stansiyasiga chiqishi bo'lgan telefon 
aloqasi moslamalarini axborotni muhofazalash vositalari bilan jihozlash tavsiya etiladi. 
47.
Muhofazalanadigan xonalar yong'indan saqlash va qo'riqlash signalizatsiyasi 
tizimlari axborotni sim orqali jamlash sxemasi asosida quriladi va qoida tariqasida 
muhofaza qilinayotgan xonalar nazorat qilinadigan hudud chegarasida joylashtiriladi. 
48.
Muhofazalanayotgan xonalarni to'suvchi qurilmalar, ularning ventilyatsiya va 
konditsioner tizimlarining tovush izolyatsiyasi, ularda olib borilayotgan suhbatlarni 
tashqaridan eshitishga imkoniyat bermasligi ta'minlanadi. 
Xonalarning zarur darajadagi ovoz izolyatsiyasini ta'minlash maqsadida eshik 
o'rnatilgan joylarni ikki qavatli eshik tamburlar bilan jihozlash, derazalarga qo'shimcha 
romlar o'rnatish, eshik va deraza oralarida zichlashtirilgan qistirmalar va ventilyatsiya 
yo'llari chiqishida shovqinyutgichlarni qo'llash tavsiya etiladi. 
Yuqorida tavsiya etilgan usullar bilan zarur akustik himoyani ta'minlash imkoniyati 


bo'lmagan taqdirda tashkiliy-rejim choralari ko'riladi. Bunda konfidensial xarakterdagi 
muzokaralar olib borish va tadbirlar vaqtida muhofaza qilinayotgan xonalarda olib 
borilayotgan suhbatlarni eshitish mumkin bo'lgan joylar yaqinida begona shaxslarning 
bo'lishi yoxud kirishi cheklanadi. 
49.
Vibroakustik yo'llar bilan axborotni tutib olish ehtimolini kamaytirish uchun 
tashkiliy-rejim choralari bilan muhofaza qilinayotgan xonalarni to'suvchi 
konstruksiyalar va ulardan chiquvchi muhandislik-kommunikatsiya vositalari 
(isitish, ventilyatsiya, kond
itsioner, suv bilan ta’minlash tizimlari) tashqari tomonida 
begona (shtatdan tashqari) jihoz, uskuna, predmetlar o'rnatishga yo'l qo'yilmaydi. 
Vibroakustik signal darajasini kamaytirish uchun muhofaza qilinayotgan xonalar 
isitish, ventilyatsiya tizimlari muhandislik-texnik qismlarini tovush o'tkazmaydigan 
ekranlar bilan jihozlash tavsiya etiladi. 
50.
Agar akustik va vibroakustik yo'llar bilan axborotni chiqib ketishdan 
muhofazalash yuqorida qayd etilgan choralari yetarli yoki maqsadga muvofiq bo'lmasa, 
faol akustik yoki vibroakustik maskirovka qiladigan shovqindan foydalanish usulini 
qo'llaniladi. 
51.
Muhofaza qilinayotgan xonalardan foydalanishda xonaga ruxsatsiz kirishga yo'l 
qo'ymaydigan tashkiliy-rejim choralarini ko'zda tutish lozim: 
tadbirlar oralig'ida, shuningdek, ishdan tashqari vaqtlarda muhofaza qilinayotgan 
xonalar eshiklari kalit bilan qulflanishi zarur; 
muhofaza qilinayotgan xona kalitlari faqat unda ishlaydigan yoki shu xona uchun 
mas’ul bo'lgan shaxslarga berilishi lozim;
muhofaza qilinayotgan xonalardagi jihozlarni o'rnatish, ta'mirlash va almashtirish 
faqat tashkilot xavfsizlik xizmati vakili bilan kelishgan holda uning nazoratida amalga 
oshiriladi. 
52.
Og'zaki konfidensial axborotlarni nazorat qilinayotgan hududdan tashqariga 
uzatishda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq sertifikatsiya qilingan axborotni 
kriptografik muhofazalash vositasidan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim. 
Konfidensial xarakterdagi muzokaralarni ochiq radiokanallar orqali, shuningdek, 
bevosita yoki kommutatsiya yo'li bilan nazorat qilinayotgan hudud tashqarisiga 
chiqadigan aloqaning sim kabellari bilan olib borish taqiqlanadi. 

Yüklə 209,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin