Исследование в XXI веке март, 2023 г 644 O‘tkir hoshimovning "ikki eshik orasi"



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#178370
növüИсследование
  1   2   3
Abdimo‘minova Dildora



Международный
научный
журнал

8
(100), 
часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
март
, 2023 
г 
644 
O‘TKIR HOSHIMOVNING “IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA QAHRAMONLAR OBRAZI 
TALQINI 
Abdimo‘minova Dildora 
TerDU talabasi 
Sayfullayeva Sabina 
BuxDPI talabasi 
Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi, adib O’tkir 
Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani qisman tahlil etilgan, asar qahramonlarining 
hayoti, xarakteri ochib berilgan. 
Kalit so‘zlar

pafos, front orti, nafrat, zakunchi, itoatkor, zabardast. 
“ Rost bilan yolg‘on o‘rtasi- to‘rt enlik, degan gap bor. Qiziq nega endi oz emas, ko‘p
emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi-to‘rt enlik ekan. Eshitganingga 
emas, ko‘rganingga ishon….. Maqsad shu.” 
Ushbu ajoyib jumlalar taniqli o‘zbek yozuvchisi va jamoat arbobi O‘tkir Hoshimovga 
tegishlidir. Adib bundan 82 yil oldin Toshkentda Do‘mbirobod mahallasida tavallud topgan. 
Yozuvchining ilk asari 1962-yilda “Po‘lat chavandoz” nomida ocherklar to‘plami tarzida 
nashrdan chiqdi. “Ikki eshik orasi”, “Dunyoning ishlari”, “Tushda kechgan umrlar” adibning 
xalq orasida mashhur asarlaridandir. “Ikki eshik orasi” yozuvchining ikkinchi romani bo‘lib, 
1982-1985- yillar orasida yozilgan. Asarda insonlar taqdiri murakkabligi mahorat bilan 
tasvirlangan. Unda birinchi o‘rinda inson tinchligini buzuvchi urush tilga olingan, uning 
qiyinchiliklari, front orti azoblari, ochlik, sevgi va nafrat yuksak mahorat bilan ochib 
berilgan. Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, ko‘ngillarga 
dilxiralik keltirishi asarning umumiy pafosini tashkil etadi. Romanda har bir obrazga alohida 
e’tibor qaratilgan. Bu romanda inson umrining naqadar murakkabligini va taqdirning 
ayanchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. O‘tkir Hoshimov roman hodisalarini chuqur va 
teran o‘rgangani uchun, o‘quvchiga har bir voqea tushunarli va aniq qilib yetkaziladi. 7 
qism va 7 bobdan iborat ushbu asar katta-yu kichik ko‘ngliga birdek manzur keladi. Asarni 
o‘qigan sari qayta-qayta o‘qiging keladi, har o‘qiganda yangi-yangi g‘oyalar tug‘iladi, 
asardagi ochilmagan qirralar ochilaveradi.
Romanning asosiy voqealari Oqsoqol, Qora Amma, Shomurod, Ra‘no, Kimsan, Robiya, 
Umar zakunchi, Olimjon singari qahramonlar orqali yoritilgan.
“…Bu kitobdagi ko’p odamlarni o‘zim ko‘rganman, ko‘plari bilan gaplashganman. 
Ba’zilarining o‘zi bilan, ba’zilarining… ruhi bilan... Ba’zilari nimani gapirgan bo‘lsa, shuni 
qog‘ozga tushirdim. Ba’zilari nima gapirganini emas, nimani o‘ylayotganini yozishga 
majbur bo‘ldim”,-deydi adib O‘tkir 
 Hoshimov. 


Международный
научный
журнал

8
(100), 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin