Исследование в XXI веке март, 2023 г 644 O‘tkir hoshimovning "ikki eshik orasi"



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#178370
növüИсследование
1   2   3
Abdimo‘minova Dildora


часть
2
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
март
, 2023 
г 
645 
Asardagi voqea-hodisalar kichkina bir bola Muzaffar nigohida yoritiladi. Albatta, 
asardagi qahramonlarning ba’zilari insofi, vijdoni, o‘zbek xalqiga xos e’tiqodi bilan kitobxon 
ko‘nglidan ijobiy o‘rin olgan bo‘lsa, Umar zakunchi kabi qattiqqo‘l, vijdonsiz, o‘z manfaati 
yo‘lida hech narsadan tap tortmaydigan, nomard inson salbiy o‘rinni egallagan.
Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga ko‘rk bag‘ishlaydi. Uning insonparvarligi, 
odamlar orasida qozongan obro‘-e’tibori, eng og‘ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o‘tishga 
kuch topishi bilan o‘quvchi xotirasiga muhrlanadi. U donishmand, tajribali, hayotning 
achchiq-chuchugini tatib ko‘rgan o‘zbek qariyalariga o‘xshab har bir ishda 
tashabbuskorlikni o‘z qo‘lidan bermaydigan shaxs sifatida gavdalanadi.
Qora amma va Robiya obrazlarida esa haqiqiy o‘zbek ayollarining naqadar sabrli 
va matonatli ekanligining guvohi bo’lamiz. Shu o‘rinda Qora amma so‘zi e’tiborga loyiq. 
Nega Qora amma? Axir oddiygina amma desa bo‘lardi-yu. Bilasizmi, ona ichidagi dard, alam 
qayg‘udan yurak-bag‘ri qorayib ketganligi uning yuzida ham aks etgan. Farzand dog‘i shu
ko‘yga solgan. Xalqqa kelgan to‘y hammasining sababchisi edi.
Robiya asarning bosh qahramoni hisoblanib, otasidan ancha yosh yetim qoladi.
Qora ammaning uyida yashab, uning tarbiyasini oladi. Kimsan bilan unashtiriladi, biroq 
Kimsanning taqdirida urushda halok bo‘lish yozilgan edi. Robiya uni kutadi, o‘lmaganligiga 
doim ishonadi, lekin bu hayot doimo insonlar istaganidek bo‘lavermaydi. Robiya kichik 
Muzaffar uchun tog‘a sifatida ko‘rgan inson bilan turmush quradi va hayotining davomini 
birgalikda o‘tkazadi. Mana shu holatlar Robiyaning naqadar itoatkor ekanligini ko‘rsatadi.
Bilasizmi, Robiya bundan voz kechishi mumkin edi, axir u qiz bola edi, turmush ko‘rmagan
edi, zabardast, alp yigitga turmushga chiqish imkoniyati bor edi, biroq u Qora ammaning 
qaramog‘ida o‘sgan, uning uyidan yeb-ichgan, unga qarshi chiqolmas edi. Tirik yetim 
qolgan, onasi tashlab ketgan Muzaffarni ham ko‘zi qiymas edi. Bilasizmi, asarda voqealar 
shunaqangi syujetlashtirilganki, o‘qigan inson ko‘z yoshini tindira olmaydi. Mana, masalan, 
Muzaffarni olaylik, u yoshligida onasining xiyonati sabab undan ayrildi, to‘g‘ri Robiya unga 
qo‘lidan kelgancha onalik qildi, mehr ko‘rsatdi, biroq tuqqan onaga hech kim teng kela 
olmaydi, nahot Muzaffar onam mendan yuz o‘girgan deya o‘ksinmagan bo‘lsa. Bu ham 
yetmagandek, asar so‘nggida u ko‘ngil bergan insoni emikdosh singlisi bo‘lib chiqadi. 
Avvaliga qizning uydagilari sovchilarni qaytaradi, Ra’no ham haqiqatni Muzaffarga qanday 
aytishni bilmaydi, ular orasida nikoh o‘qitib bo‘lmas edi. Ammo Muzaffar va Munavvar 
sevgisi fojeali tugaydi, ya’ni 1966-yilda Toshkentda bo‘lgan zilzila ularning sevgisiga raxna 
solidi. Ammo zukko kitobxon shuni biladiki, aslida asar qahramoni, sevgi yo‘lida qurbon
bo‘lishiga sabab, zilzila emas, balki o‘z sevgilisidan - emikdoshi bo‘lgan Muzaffardan 
homilador bo‘lishi va nomusiga chiday olmay dori ichib, o‘z joniga qasd qilishi bilan asar 
nihoyasiga yetadi. Bu voqea esa barchaning qalbini qattiq larzaga soladi. Munavvarning 
onasi Bashorat esa bitta-yu bitta qizidan ajrab qolgani unga yomon ta’sir qiladi. Ushbu 
voqealar asarning naqadar jonli chiqqanidan dalolat beradi. 


Международный
научный
журнал

8
(100), 
Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin