3 Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida manfaatlar to qnashuvini
potensial manfaatlar to‘qnashuvi – xodimning, uning yaqin qarindoshlarining va
(yoki) Agentlik bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning shaxsiy manfaatlari (shu jumladan shaxsiy,
ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy va boshqa manfaatlari) muayyan vaziyatlar yuzaga kelganda, ular
Agentlikning manfaatlariga qarama-qarshi bo‘lishi va Agentlik xodimlari tomonidan xizmat
majburiyatlarini bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyat;
real manfaatlar to‘qnashuvi – xodimning, uning yaqin qarindoshlarining va (yoki)
Agentlik bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning shaxsiy manfaatlari (shu jumladan shaxsiy, ijtimoiy,
mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari) Agentlik manfaatlariga bevosita yoki
bilvosita qarama-qarshi bo‘lgan vaziyat;
urug‘-aymoqchilik – Agentlik xodimining avlod-ajdodlari bir bo‘lgan, bir sulolaga
mansublik asosida uchinchi shaxslarga nisbatan sub’ektiv, imtiyozli va noxolis munosabat
shaklidagi shaxsiy manfaatdorligi;
favoritizm – Agentlik xodimi boshqa shaxs va/yoki shaxslar guruhi manfaatlariga
qaraganda bitta shaxs yoki shaxslar guruhi manfaatlariga ustuvor ahamiyat qaratishi,
Agentlikda kadrlarni tanlash va joylashtirish, lavozimini ko‘tarish, mukofot puli berish va
davlat mukofotlariga tavsiya etish, ta’til berish yoki sihatgohlar va xorijiy safarlarga
yuborish, murojaatlar, shuningdek ish va navbatchilik jadvallarini ko‘rib chiqishda ketma-
ketlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq vaziyatlarda tartiblarga rioya qilmaslik;
xodimning shaxsiy manfaatdorligi – xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini
bajarish doirasida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan
xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi
mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qiymatliklar, boshqa mol-mulk,
boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy,
moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari);
shafelik – Agentlik xodimining lavozimi yuqoriroq bo‘lgan boshqa xodim tomonidan
qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish shaklidagi himoyasi, uni yoqlab yonini olishi;