Microsoft Word Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida manfaatlar to‘qnashuvini



Yüklə 137,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix02.12.2023
ölçüsü137,53 Kb.
#171092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 Agentlik va uning tarkibiy tuzilmalarida manfaatlar to qnashuvini

majburiyatlari va vakolatlari 
8. Agentlik xodimlari o‘zlarining xizmat majburiyatlarini bajarishida va (yoki) 
Agentlikning manfaatlarini ifodalashda ushbu Nizomda belgilangan tamoyillarga amal 
qilishlari, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlardan o‘zlarini 
saqlashlari shart. 
9. Xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish uchun 
Agentlik xodimlari: 
ushbu Nizom talablariga rioya qilishi; 
faqat Agentlik manfaatlarini ko‘zlashi; 
o‘z mansab va xizmat mavqyeidan faqat Agentlik manfaatlari yo‘lida foydalanishi
Agentlik manfaatlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy 
manfaatlar to‘g‘risida Agentlikning O‘z xavfsizlik xizmati va/yoki korrupsiyaga qarshi ichki 
nazorat funksiyasi yuklatilgan xodimlar (keyingi o‘rinlarda – O‘z xavfsizlik xizmati)ni 
xabardor kilishi; 



nepotizm (qarindoshlik), shafelik, favoritizm, kronizm, mahalliychilik va urug‘-
aymoqchilikning namoyon bo‘lishiga qat’iy chek qo‘yishi; 
potensial yoki real manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq 
oshkor qilishi; 
o‘zining yaqin qarindoshlari va aloqador shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liq 
ro‘yxatini, o‘zining va ularning nodavlat notijorat Agentliklaridagi ishtiroki haqidagi 
ma’lumotlarni halol, to‘liq va vijdonan oshkor qilishi
agarda Agentlikning boshqa xodimlarida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligiga oid 
ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda ichki hujjatlarda belgilangan tartibda xabar berishi shart. 
10. Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida Agentlik xodimi quyidagi 
hollarda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berishi kerak, agar: 
xodimning bevosita bo‘ysunuvida yaqin qarindoshlari va (yoki) aloqador shaxslar 
bo‘lsa; 
belgilangan tartibda faoliyati o‘rganilayotgan tashkilotda xodimning yaqin 
qarindoshlari va (yoki) aloqador shaxslar faoliyat yuritsa yoki belgilangan tartibda faoliyati 
o‘rganilayotgan mansabdor shaxs xodimning yaqin qarindoshi va (yoki) aloqador shaxs 
bo‘lsa; 
xodim yaqin qarindoshlari va (yoki) aloqador shaxslarga nisbatan xodimlarga 
(jumladan, ish haqini hisoblash va to‘lash, mukofotlar, ustamalarga taqdim etish va ularning 
miqdorini belgilashga) oid qarorlar qabul qilishda ishtirok etsa. 
Mazkur ro‘yxat yakuniy hisoblanmaydi. Agentlik xodimi yaqin qarindoshlari va (yoki) 
aloqador shaxslarga nisbatan (ular faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga) har qanday qarorlar 
qabul qilish (imtiyozlar berish, litsenziyalar taqdim etish, mahsulotlar sotib olish va shu 
kabilar) holati potensial manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday 
hollarda, Agentlik xodimi manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berishi lozim bo‘ladi. 
11. Mazkur Nizomning 10-bandida qayd etilgan manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq 
vaziyatlarni aniqlash uchun xodim qaror qabul qilish yoki xizmat majburiyatlarini 
bajarishdan avval o‘ziga quyidagi savollarni berishi lozim: “Men qarorni vijdonan va xolis 
qabul qilishim, harakatni amalga oshirishim mumkinmi?” va “Agar bu qarorni boshqa xodim 
qabul qilganda, xuddi men qabul qilgan qarorni qabul qilgan bo‘larmidi?”. Agar xodim bu 
savollardan bittasiga bo‘lsa ham “Yo‘q” deb javob bersa, manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi 
xatari yuzaga keladi. 
12. Agentlikda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash borasida quyidagilar amalga 
oshiriladi: 
xodimlarni ishga qabul qilish yoki lavozimga tayinlashda, shuningdek boshqa 
holatlarda manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaruvchi axborot jamlanadi; 
har bir xodim mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarishida yuzaga kelgan yoki 
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi holatini aniqlaydi hamda o‘zining 
rahbariga va Kadrlar bo‘limiga xabar beradi; 



manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har bir ma’lumot yoki 
xabar kollegial tartibda o‘rganilib, uning ta’siri aniqlanadi. Qonun hujjatlari talablari 
doirasida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashning boshqa usullari ham qo‘llanilishi mumkin. 
13. Manfaatlar to‘qnashuvi quyidagicha boshqariladi:
xodimlarni ishga qabul qilishda ularga mazkur Nizom talablari imzo qo‘ydirilgan 
holda tanishtiriladi; 
Nizom talablari bo‘yicha xodimlarga tushuntirish va maslahatlar berish ishlari olib 
boriladi; 
aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari ro‘yxatga olib boriladi;
manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini o‘rganish, ularga baho berish hamda manfaatlar 
to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan choralarni belgilash Kadrlar bo‘limi tomonidan 
amalga oshiriladi; 
manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish jarayonining samaradorligini ta’minlash 
maqsadida kuzatish hamda monitoring amalga oshiriladi. 
Manfaatlar to‘qnashuvi boshqarilishida qonun hujjatlari talablari asosida 
boshqarishning boshqa usullari ham qo‘llanilishi mumkin. 
14. Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
hollarda quyidagi choralar ko‘rilishi mumkin: 
xodimning tegishli faoliyatni amalga oshirishda yoki qaror qabul qilishda ixtiyoriy 
ravishda ishtirok etmasligi yoki chetlashishiga ruxsat berish; 
xodimning lavozim vazifalarini ko‘rib chiqish yoki unga o‘zgartirish kiritish; 
xodimning shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarga cheklovlar 
o‘rnatish; 
xodimning shaxsiy manfaatlari uning lavozim majburiyatlariga zid bo‘lsa, uni 
manfaatlar to‘qnashuvi ta’sir etmaydigan boshqa lavozimga o‘tkazish; 
xodimning Agentlik faoliyatiga yoki manfaatlariga salbiy ta’sir etuvchi o‘zining 
shaxsiy manfaatlaridan voz kechishi; 
xodimning shaxsiy manfaatlari Agentlik faoliyatiga yoki manfaatlariga zid bo‘lsa 
hamda uni boshqarishning boshqa choralarini qo‘llash imkoni bo‘lmasa xodim bilan tuzilgan 
mehnat shartnomasini bekor qilish. 

Yüklə 137,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin