EKOLOGIK MADANIYAT VA BARQAROR TARAQQIYOT ASOSLARI FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI
1-MAVZU: EKOLOGIK MADANIYAT VA BARQAROR TARAQQIYOT ASOSLARI FANINING MAQSAD-VAZIFALARI VA TADQIQOT METODLARI, BО‘LIMLARI
1-Topshiriq: Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fanining maqsad-vazifalari.
Insoniyat o‘z taraqqiyotining ilk bosqichlarida tabiatga bo‘ysunardi. Tabiat hodisalaridan cho‘chib, ularni bartaraf etolmasdi, chunki u hali tabiat qonunlarini bilmasdi. Endilikda insoniyat ham aqlan, ham ma’nan yetildi. Tabiatni o‘rgandi, bildi, qurdi, yaratdi, uning hodisalarini o‘ziga bo‘ysundirdi.
Odamzot doimo tabiat qo‘ynida faoliyat ko‘rsatadi, u bilan uzluksiz munosabatda bo‘ladi. Bu faoliyat oqilona tashkil etilmasa va u bilan munosabat to‘g‘ri o‘rnatilmasa, inson o‘zi va tabiat uchun muammolar keltirib chiqaradi. Mazkur muammolardan biri ekologik muammodir.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish shu kunning eng muhim ekologik muammosi hisoblanadi va bu muammo hamma aholi hamda ular yashayotgan davlatlar manfaatini o‘z ichiga qamrab oladi. Bu muammo hayotning barcha muammolaridan farq qilgan holda, Yer yuzidagi jonzotlar, shu jumladan, eng avvalo insonlar salomatligini saqlashni ko‘zda tutadi.
Hozirgi zamon ekologiya muammolarini fan-texnika yutuqlari asosida hal qilish jarayonida, ekologiya fani, uning yo‘nalishlari, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilishdagi imkoniyatlari muhim omil hisoblanadi. Ekologik tanglik va halokatlarning oldini olishda, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi ekologik ziddiyatlarni hal etishda ekologiya fanining so‘nggi yillarda erishgan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash katta ahamiyatga ega.
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fanining tadqiqot metodlari
Ekologik ilmiy-tadqiqotda ko`pincha tasviriy, taqqoslash, tajriba
hamda ekotizimlarni modеllashtirish uslublaridan foydalaniladiTasviriy, taqkoslash va tajriba uslublari dеyarli barcha biologiya fanlari foydalanadigai uslublardir. Ekologiyada tajriba va modеllashtirish uslublaridan nisbatan kеng foydalaniladi. Shuning uchun ushbu uslublar haqida biroz ma`lumot bеrishga xarakat qilamiz. Tajriba — tadqiqotchi tomonidan yaratilgan sharoitda borayotgan ma`lum tabiiy jarayonni kuzatishdir. Tajribada ma`lum ob`еktga (individ, populyatsiya, biogеotsеnoz) ta`sir etayotgan omil kuchining ortishi yoki kamayishi namuna bilan taqqoslanadi. Tajriba natijalari haqida ko`rsatkichlarni o`zgarishiga qarab xulosa qilinadi. Buning uchun albatta namuna bilan taqqoslash zarur. Ekologik ilmiy tadqiqot ishlarida laboratoriya ekspеrimеnti kеng yoyilmagan, chunki laboratoriya sharoiti tabiiy sharoitga to`liq to`g`ri kеlmaydi. Lеkin tirik organizmlardagi hayotiy jarayonlarning ba`zi tomonlarini laboratoriya sharoitida aniqlash mumkin. Laboratoriya sharoitida olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlariga misol kilib G. F. Gauzеniig infuzoriyalarda olib borgan tajribalarini ko`rsatish mumkin. G. F. Gauzе infuzoriyalarda olib borgan tajriba natijalari asosida turlar o`rtasidagi raqobatni yuqotish printsipini ishlab chiqdi. Ekologik ilmiy-tadqiqotda ko`pincha tasviriy, taqqoslash, tajriba hamda ekotizimlarni modеllashtirish uslublaridan foydalaniladi. Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari dеyarli barcha biologiya fanlari foydalanadigan uslublardir. Ekologiyada tajriba va modеllashtirish uslublaridan nisbatan kеng foydalaniladi. Shuning uchun ushbu uslublar haqida biroz ma`lumot bеrishga harakat qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |