Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fanidan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari 1-mavzu: ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fanining maqsad-vazifalari va tadqiqot metodlari, bо‘limlari



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə14/19
tarix22.12.2022
ölçüsü1,7 Mb.
#77405
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fanidan musta

Keysni yechish jarayoni: Manbadan “Populyatsiyalar dinamikasi” bо‘limini diqqat bilan о‘qib chiqiladi, meva pashshasining ochiq tabiatda va ilmiy laboratoriyada maxsus probirkalardagi kulturalarda о‘sish tempi aniqlanadi, о‘zlashtirilgan ma’lumotlar asosida keys savollariga javob varianti yaratiladi, javob varianti kichik guruhning boshqa vakillari bilan muhokama qilinadi va umumiy javob varianti shakllantiriladi.


16-MAVZU: POPULYATSIYA TUZILMALARI (YOSH, JINS, HULQIY, FAZOVIY)
Quyidagi savollarga yozma tarzda javob tayyorlang. 1.Populyatsiyaning yosh tuzilmasi.
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta
tiklanishning jadalligi, nobud bo’lish darajasi
va nasllar gallanishining tezligi kabi muhim
jarayonlarni ifodalaydi.
O’simliklar populyatsiyasining yosh tuzilmasi.
Fitotsenozdagi muayyan turlarning ,har xil
holatlardagi individlarning yig’indisi
tsenopopulyatsiya deb ataladi. Uni agar gulli
o’simliklar misolida ko’radigan bo’lsak, unga
tuproqda o’z hayotchanligini yo’qotmagan
urug’lar , nihollar va har xil yoshdagi individlar
kiradi.
T. Rabotnov o’simliklar jamoasidagi
o’simliklarning hayotini quyidagi asosiy yosh
davrlarga ajratadi:
Latent davri;
Virgil davri;
Generativ davr;
Senil davri.
2.Populyatsiyaning jins tuzilmasi.
Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi
guruhlardagi erkak va urg’ochi individlarning
son jihatdan nisbatidir. Populyatsiyadagi
jinslar nisbati , birinchidan , jinsiy
xromosomalarning qo’shilishi bilan, ya’ni
genetik qonuniyatlarga bog’liq bo’lsa,
ikkinchidan, ma’lum darajada tashqi muhit
ham ta’sir etishi mumkin.
3.Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi.
Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi
populyatsiya maydonidagi ayrim individlar va
guruhchalarning tarqalish xarakterini
ifodalaydi.
Individlarning 3 turdagi tarqalishi ma’lum:
Bir tekis, tasodifiy va guruhiy. Individlar bir
tekis tarqalganda xuddi mevali daraxtlar
bog’da o’tkazilganidek , bir-biriga nisbatan bir
tekis masofada joylashadi.
Tasodifiy tarqalishda individlar bir-biridan xar
hil masofada joylashadi. Bunday joylashish
populyatsiyaning zichligi kam bo’lgan bir xil
muhitda uchratiladi.
4.Populyatsiyaning etologiyasi (hulqiy) tuzilmasi.
Etologiya“ so’zi yunoncha “xarakter” degan
ma’noni anglatadi. Etologiya- hayvonlar
xatti-harakatining biologik asosi haqidagi
fandir. Hayvonlarning xulqi ularning hayot
kechirish tarzi bilan bog’liq. Odatda
hayvonlar yolg’iz va birgalikda hayot
kechiradi.
Individlarning jinsiy moyilligi va ota-onalar
bilan yangi avlod o’rtasidagi bog’lanishlar ,
hududiy umumiylik, nasl uchun qayg’urish
natijasida oila deb atalgan hayvonlarning
birgalikda yashash shakli kelib chiqadi.
Hayvonlarning ancha yirik birlashmalari
podalar, galalar va koloniyalar hisoblanib ,
ularning shakllanishida populyatsiyalardagi
xulqiy munosabatlar yanada
murakkablashadi.



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin