rivojlanish siklidagi fiziologik о‘zgarishlar kun uzoqligiga bog‘liq bо‘lmagan turlar
2
fotoperiodizm
B
aniq bir vaqt oraliqlarida organizmlardagi aniq bir fiziologik jarayonlarning ketma ket kechishi bu-
3
neytral
C
tabiatning mavsum boyicha rivojlanishi qonuniyatlarini о‘rganuvchi fan bu -
4
fenologiya
D
kun uzoqligining mavsum buyicha о‘zgarishiga tirik organizmlarning reaksiyasi bu -
Javob:
1-A
2 -D
3 - C
4 - B
15-MAVZU: POPULYATSIYALARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI Mavzular bо‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar tо‘plamiga javob bering.
Keys bayoni: Populyatsiyalar eksponensial qatorlarda о‘sishi mumkin, agarda atrof muhit oziq-ovqat, joy, havo, namlik, issiqlik, yashash makoni va boshqa omillar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’minlansa yaxshi natija beradi. Siz ehtimol kо‘rgan bо‘lishingiz mumkin, ya’ni meva pashshalari pishgan mevalar yoki boshqa mevalar yaqinida pirpirab uchadi. Meva pashshalari ilmiy laboratoriyalarda tez о‘sish imkoniyatiga ega sanaladi. Pashshalar probirka kulturasida saqlanadi va maxsus tayyorlangan oziqa parchalari bilan boqiladi.
Keys savollari: 1. Siz bu standart о‘stirish metodi yoki boshqa metodlar orqali ham populyatsiyaning tezroq о‘sishiga erishishini ta’minlay olasizmi? 2. Birgina ekologik omil meva pashshasi populyatsiyasining о‘sishiga ta’sir kо‘rsata oladimi?
Keys tahlili: Populyatsiyaning eksponensial о‘sishi organizmlar soni ortishining potensial imkoniyatini tavsiflaydi. Tabiiy populyatsiyalarda eksponetsial о‘sish juda qisqa vaqt davomida kuzatilishi mumkin. Bunda populyatsiya umuman juda katta tezlik bilan о‘sadi. Cheklovchi tashqi muhit sharoitida kо‘pchilik tirik organizmlar uchun populyatsiyalar sonining logistik о‘sishi xosdir.
Talabalarga metodik kо‘rsatma: 1. Manbadan “Populyatsiyalar dinamikasi” bо‘limini diqqat bilan о‘qib chiqing.
2. Tashqi muhitning eksponensial о‘sishdagi о‘rni qanday bо‘lishi mumkinligini aniqlang.
3. Ilmiy laboratoriyada meva pashshasining jadal о‘sishi jarayonini izohlang.
4. О‘zlashtirilgan ma’lumotlar asosida keys savollariga javob variantingizni yarating.
5. Javob variantingizni kichik guruhning boshqa vakillari bilan muhokama qiling va umumiy javob variantini shakllantiring.