Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fanidan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari 1-mavzu: ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fanining maqsad-vazifalari va tadqiqot metodlari, bо‘limlari


-MAVZU: BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLASH MUAMMOLARI



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə7/19
tarix22.12.2022
ölçüsü1,7 Mb.
#77405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fanidan musta

4-MAVZU: BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLASH MUAMMOLARI
Muammo” organayzerini tо‘ldiring

Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni yechish yo‘llari va sizning xarakatingiz

Biologik xilma-xillikni saqlash

Biologik xilmaxillik” deganda yerda, dengizda va boshqa ekotizimlarda yashaydigan hamda o‘sadigan hamma jonli organizmlar tushunilib, ushbu tushunchaga bitta tur doirasidagi, turlararo va ekotizimlar xilmaxilligi ham kiradi(Bioxilmaxillik to‘g‘risidagi konventsiyaning 2-moddasi).
Bioxilmaxillik resurslarining kamayishi birinchi navbatda inson faoliyati ta’sir oqibatida yuz beradi. Oxirgi 50 yil ichida sayyoramiz aholisi soni 3,5 barobarga, iste’mol qilinayotgan ichimlik suv hajmi 11 barobarga, haydaladigan yerlar maydoni 2 martaga, ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari soni 10 martaga, neftь mahsulotlaridan foydalanish 7 martaga, elektr stantsiyalari quvvati 21 martaga oshdi. Hayvonot va o‘simlik olami turlari esa 20 foizga kamaydi. Har yili atmosfera havosiga 5 milliard tonna karbonad angidrid gazi, 200 million tonna uglerod oksidi, 146 million tonna sulьfat oksidi, 35 million tonna azot oksidi tashlanmoqda. Insonning nooqilona faoliyati natijasida biosferada ko‘plab qaltis jarayonlar sodir bo‘lmoqda. Birgina Orol fojiasi insonning ekologik muammolarga nisbatan mas’uliyatsizligining yaqqol namunasidir. So‘nggi qirq yil mobaynida dengiz maydoni 7 martadan ortiqroqqa qisqardi suv hajmi esa 13 barobarga kamaydi. Uning minerallashuvi bir necha o‘n martaga oshgani sababli dengizda jonli organizmlar uchun noqulay muhit vujudga keldi. Natijada dengiz flora va faunasining barcha turlari yo‘q bo‘lib ketdi. Bugun Orolbo‘yi hududlarida nafaqat global ekologik, balki murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar paydo bo‘ldi.

XXI asr kun tartibi” — kelgusi yuzyillikka mo‘ljallangan, Rio-de-Janeyro shahrida 170 dan ortiq davlat vakillarining umumiy kelishuvi asosida qabul qilingan ulkan dastur hisoblanadi. Barcha davlatlar tomonidan qabul qilinadigan, kelajakda atrof-muhitga ta’siri bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qarorlari Rio deklaratsiyasida mus-tahkamlangan asosiy tamoyillarga asoslanishi shart.
Vaqt o‘tishi bilan “barqaror rivojlanish” tushunchasi barqaror ekologik rivojlanishga tenglashdi. Barqaror rivojlanish Kontseptsiyasi 2002 yil sentyabrь ¬oyida Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan BMTning Mingyillik Sammitida yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘sha sammitda butun dunyo mamlakatlari rahbarlari qashshoqlikka barham berish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun BMTning Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasini qabul qildilar.
2002 yilning aprelь oyida Gaaga shahrida bo‘lib o‘tgan “Biologik xilmaxillik to‘g‘risida”gi Konventsiya tomonlarining VI anjumanida “O‘simliklarni saqlash global strategiyasi” qabul qilindi. Uning asosiy va uzoq muddatli maqsadi o‘simlik xilmaxilligining uzluksiz qisqarib borishini to‘xtatishdir. Shu maqsadda ushbu dasturga genetik xilmaxillik, sis¬tematika va taksonomiya, ekologik va biologik usullar bilan o‘simliklarni himoya qilish masalalar bo‘yicha ham yovvoyi tabiat, ham inson faoliyati sharoitida ilmiy tadqiqotlarni olib borishga yordam ko‘rsatish kabi vazifalar kiradi.



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin