“ Fizika-matematika “ fakulteti KT Informatika va AT yonalishi
182-nji gruh talabasi Jumamyradov Shagulining
Dasturlash texnologiyalari fanidan
Mavzu: Tabiy gazni tozalash va qayta ishlash usullari.
Bajardii: Hudayshukurov Shahzad
Qabul Qildi:
Urganch 2020-2021yil
Reja:
1.kirish
2.Tabiy gazni tozalash usullari.
3.Tabiy gazni qayta ishlash.
Kirish Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyvning "2018 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizasiya va diversifikasiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish — ustuvor vazifalar" to‘g‘risidagi ma’ruzasida 2018 -2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarini moddiy - texnik bazasini modernizasiya qilish dasturi doirasida qurilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha katta ishlarini amalga oshirilganligi to‘g‘risida gapirdi. Endigi navbatda sohalar bo‘yicha sifatli kadrlarni tayyorlash hamda tayyorlangan mutaxassislar xalqora talablar meyorlariga javob beraolishligi to‘g‘risidagi fikrlarni o‘z ma’ruzasida keltirgan. 2018 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida neft va gaz tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha bir qator masalalar to‘g‘risidagi vazifalar ham belgilab berilgan [1]. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng Respublikamiz hayotida ijobiy yangiliklar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning boy tabiiy va ishchi kuchi zahiralaridan fan va texnikaning so‘ngi yutuqlariga tayangan holda foydalanib, yurtimiz iqtisodiyotini va xalqimizning farovonligini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Jahonning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz salbiy ta’sir oqibatlarining oldini olish turli darajalardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda o‘ziga xos izchillikni, xatti-harakatlarning har tomonlama o‘ylanganligi va asoslanganligini, tub islohotlarni amalga oshirishning bosqichma-bosqichligini, reja va maqsadlarga tomon harakatdagi sobitqadamlikni taqozo etadi. So‘nggi jahon moliyaviy– iqtisodiy krizisining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta‘sirini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan mamlakat iqtisodiyotining izchil va barqaror rivojlanishini ta‘minlaydigan har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, u yerishilayotgan muvaffaqiyatlarning asosi hisoblanadi. 4 Keyingi yillarda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini moddernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha faol investisiya siyosatini olib borishga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamizda neftni qayta ishlash bilan birgalikda gazni qayta ishlash sohasiga ham katta e’tibor berildi. 1971 yil dekabrda Muborak gazni qayta ishlash zavodi birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod asosan halq ho‘jaligi uchun eng arzon yoqilgi, tabiiy gaz etishtirib beradi. Zavodning dastlabki quvvati yiliga 5 mlrd. m3 gazni qayta ishlashdan boshlangan. 1978-80 yillarda zavodning ikkinchi va uchinchi navbatlari ishga tushirilib, umumiy quvvat yiliga 10 mlrd. m3 ni tashkil etdi. 1984 yil to‘rtinchi navbati ishga tushirildi va umumiy quvvat yiliga 25 mlrd. m3 ni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda umumiy quvvat yiliga 30 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi homashyo manbalari asosan yuqori oltingugurtli (4,5-5,0%) O‘rtabuloq, Dengizko‘l-Qauzak, Samantepa konlari va kam oltingugurtli (0,08-0,3%) Kultak, Zevarda, Pamuq, Alan gaz konlaridir. Zavodning asosiy mahsulotlari tabiiy gaz, tehnik oltingugurt, barqarorlashtirilgan kondensat va suyultirilgan gaz hisoblanadi. Hozirda Respublikamizda jahon sifat andozalariga mos keluvchi tayyor neft mahsulotlarini tashqi tashqi bozorga chiqarilayapti. Ushbu kabi eksportbob maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun malakali kadrlar tayyorlash muxim va axamiyatli vazifadir. SHо‘rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen mahsulotlari ekologik va gigiyenik sertifikatlarga egadir. Zavod maxsulotlariga 2005 yil Halqaro ISO-9001 sifat sertifikati berildi. Hozirgi vaqtda SHо‘rtan GKM mahsulotlarining 70% i eksportga chiqarilmoqda. YA’ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda. BMI mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. “SHо‘rtanneftgaz” MCHJga qarashli gaz va gazkondensat konlarining qatlam va ishchi bosimi yildan yilga tushib kelmoqda. Konlardan qazib olingan tabiiy gazdan dastlabki tayyorlash 5 qurilmasida gazkondensat, suv va boshqa mexanik aralashmalarni ajratib olib, gaz va gazkondensatni bosimini Past haroratli ajratish qurilmasiga bosimini kо‘tarib berishda Siquv kompressor stansiyasidan foydalaniladi. Siquv kompressor stansiyasining muttasil bir maromda unumli ishlatish muddatini uzaytirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. BMIning maqsadi va vazifalari. Siquv kompressor stansiyasining normal texnologik zoyil meyorida ishlashiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va oldini olish. Siquv kompressor stansiyasining ishlashini о‘rganish va ish unumdorligini yaxshilash uchun takliflar ishlab chiqishdan iborat. Konlarda neft va gazni tayyorlashning texnologik jarayonlarini tahlili. Neft va gaz manbalaridan foydalanish va uni kompleks tayyorlash qurilmalarining ishlatish samaradorlik ko‘rsatgichlarini oshirish usullarini asoslash. Konda neft, gaz va suvni tayyorlashda qo‘llaniladigan jihozlarning ish samaradorligini baholash va ulardan samarali foydalanishni tadqiqotlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. BMIdagi ilmiy yangiliklari. “SHо‘rtanneftgaz” MCHJ tarmog‘idagi amaldagi SKSsining ishlatish jarayoni tahlil qilingan, qurilmalarning tuzilishi va ishlatish ketma-ketliklari asoslangan, neftli yо‘ldosh va mash’alaga beriladigan gazlarini utilizatsiya qilish, gazdan foydalanish va gazuzatmalariga haydash jarayoni tadqiqotlangan, iqtisodiy samaradorligi asoslangan va SKSsini ishlatishdagi nosozliklarni bartaraflash bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. BMIning nazariy va amaliy ahamiyati. Zamonoviy texnologiyalarni qo‘llash asosida konda neftni kompleks tayyorlash ishlari tahlil qilingan, utilizatsiya jarayonini olib borish bо‘yicha takliflar kiritilgan, nosozliklarni bartaraflash bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. BMIning natijalari. Kondagi neftli yо‘ldosh gazlarni va mash’ala gazlarini utilizatsiya qilish asosida ekologik muammolar hal qilinadi, gazdan ichki ehtiyojlarda foydalaniladi va SKSsini ishlatish muddatini oshirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.