7-moliya bozori instrumentlari



Yüklə 235,45 Kb.
səhifə2/7
tarix20.04.2023
ölçüsü235,45 Kb.
#101187
1   2   3   4   5   6   7
7-moliya bozori instrumentlari

Moliyaviy instrumenlar tasnifi

Zamonaviy moliya bozori moliyaviy instrumentlarning turli hillari bilan mujassamlashgan bo‗lib, ularni bir necha belgilar asosida tasniflashni taqozo etadi.
Muomalaga chiqarilishi maqsadi – to‗lov va pul aylanmasi (oboroti) uzluksizligini ta‘minlash, investitsiyalarni jalb qilish va ular bo‗yicha daromad olish bo‗yicha, mos ravishda: kredit-pul siyosatini amalga oshirishning qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi moliyaviy instrumentlar (davlat va bank instrumentlari), qarz (davlat va korporativ maqsadda) va ulush (korporativ maqsadda) munosabatlarini ifodalovchi investitsion moliyaviy instrumentlar.
Moliya bozorining u yoki bu segmenti bo‗yicha: pul, kredit, valyuta, sug‗urta, lotareya o‗yinlari, qimmatli qog‗ozlar (fond, kapital) bozorlari instrumentlari.
27
Bazisiga ko‗ra: pul, valyuta, sug‗urta, tovar (jumladan hom ashyo), ko‗chmas

mulk, indeks, foiz stavka (kelajakdagi daromad), qimmatli qog‗oz bazisli moliyaviy instrumentlar.
Iqtisodiyotning u yoki bu subyektiga ko‗ra: davlat boshqaruvi va hokimiyatlari, banklar-kredit muassasalari, sug‗urta tashkilotlari, birjalar, nomoliya tashkilotlari (korporativ) instrumentlari.
Chiqarilish muddati bo‗yicha: qisqa, o‗rta va uzoq muddatli moliyaviy instrumentlar.
Milliyligi bo‗yicha: milliy, xorijiy va xalqaro moliyaviy instrumentlar. Iqtisodiy-huquqiy mazmuni bo‗yicha: qarz va ulush munosabatlarini hamda
hosilaviy bo‗lgan (bazis, muddat, huquq va majburiyatlarni mujassam-lashiruvchi) moliyaviy instrumentlar.
Iqtisodiy-huquqiy hossalariga ko‗ra ikki guruhga ajratish mumkin: bazaviy va bazisli moliyaviy instrumentlar. Bazaviy instrumentlarga ulush va qarz munosabatlarini o‗zida mujassamlashtiruvchi emissiyalanuvchi (derivativlardan tashqari) va emissiyalanmaydigan qog‗ozlar kiradi. Bazislilariga esa derivativlar (hosilaviy qimmatli qog‗ozlar) kiradi.
Chiqarilish va muomala chegarasi bo‗yicha: alohida mamlakat, region va xalqaro miqyosda chiqariluvchi va muomalada bo‗luvchi moliyaviy instrumentlar.
Shaxslarga nisbatan cheklanishlar bo‗yicha: barchaga va cheklangan shaxslarga sotiladigan moliyaviy instrumentlar.
Shakli bo‗yicha: maxsus blanklar ko‗rinishida va elektron hisoblarda (schyotlarda) yuritiluvchi moliyaviy instrumentlar.
Vazifalari bo‗yicha: subyektlarning ichki va tashqi iqtisodiy maqsad-manfaatlarini qoniqtiruvchi moliyaviy instrumentlar.
Funksiyasi bo‗yicha: investitsion instrumentlar (qimmatli qog‗ozlar), banklarning moliyalashtirish instrumentlari (kredit, depozit, seleng, plastik kartochkalar, cheklar va h.k.), riskni moliyalashtirish instrumentlari (sug‗urta polislari), to‗lov instrumentlari (milliy va xorijiy valyuta, xalqaro valyuta, kvazivalyuta (psevdovalyuta), birja kotrovkasiga ega bo‗lgan valyuta sifatida
28
o‗tuvchi oltin, platina, kumush, kamyob elementlar, qimmatbaho toshlar va h.k.),

tovar taqsimlovchi instrumentlar (tovar varranti, konosament, ombor guvohnomasi va shu kabilar), garov qog‗ozlari, lotoreyalar.


Ro‗yxatdan o‗tkazilishi bo‗yicha: emissiyalanuvchi (aksiya, obligatsiya, derivativlar) va emissiyalanmaydigan (bank sertifikatlari, cheklar, xususiylashtirish jarayonida qo‗llaniladigan vaucher va kuponlar, veksellar, ombor guvohnomalari, konosament, garov qog‗ozlari va h.k.) instrumentlar.
Muomalaga chiqaruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga ko‗ra: davlat, munitsipal va korporativ moliyaviy instrumentlar.
Egalik huquqini belgilash bo‗yicha: taqdim etuvchiga, egasini ismi yozilgan, orderli moliyaviy instrumentlar.
Daromad turlariga ko‗ra: dividend beruvchi, belgilangan va suzuvchi foiz stavkali, kuponsiz (diskontli), yutuqli moliyaviy instrumentlar.
To‗lov muddati bo‗yicha: spot va muddatli bozor instrumentlari. Yuqoridagilardan kelib chiqib, moliyaviy instrumentlar vaqt (jumladan, hayot
tsikli), fazoviy (muhit) va bozor xarakteristikalari bo‗yicha tavsiflash mumkinligini ko‗rish mumkin.
Moliyaviy instrumentlarning fundamental hossalari ularning parametrlari (sifat ko‗rsatkichlari) orqali ifodalanadi.
Keltirilgan tasnif hohishga va moliya bozorining hususiyatlariga ko‗ra kengaytirilishi mumkin.

Yüklə 235,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin