7-moliya bozori instrumentlari



Yüklə 235,45 Kb.
səhifə6/7
tarix20.04.2023
ölçüsü235,45 Kb.
#101187
1   2   3   4   5   6   7
7-moliya bozori instrumentlari

4. Bazaviy qimmatli qogozlar mexanizmi

Bazaviy qimmatli qog‗ozlarni va derivativlarni (opsion, fyuchers, svop, forvard, varrant va h.k.) muomalaga chiqarish chog‗ida asosiy me‘yoriy hujjat bo‗lib ularni chiqarish standarti hisoblanadi.
33
Standart qimmatli qog‗ozlarni hayot siklini (emissiyaoldi, chiqarish, joylashtirish,

muomalasi, konvertatsiyasi va so‗ndirish tartibini) me‘yorlaydi. Uning asosida qimmatli qog‗ozlarni chiqarish va joylashtirish chog‗ida to‗htatish, haqiqiy emas deb topish va umumiy davlat reestriga o‗zgartirishlar kiritish tartibi belgilanadi.
Aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini emissiyaoldi ishlari va emissiyasi

Aksiyadorlik jamiyati aksiya chiqarish to‗g‗risida tegishli qaror qabul qiladi. Buning uchun, avvalambor jamiyatning holati, potensiali va investitsion istiqboli, shu asosda asiyalar bozori konyunkturasi va risklar tahlil qilinib, chiqarilajak aksiyalarning turi, hajmi, soni va chiqarish shartlari, muddati, joylashtirish usullari, tartibi va investorlar (aksiyadorlar) ko‗lami belgilanadi. Bunda aksiyalar emissiyasining umumiy taktikasi va strategiyasi aniqlanadi, aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi tomonidan emissiya risolasi belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Natijada emissiya risolasi davlat ro‗yxatidan o‗tkazish uchun tayyorlanadi. Hozirda borgan sari amaliyotda IPO (Initial Public Offering) usuli ko‗proq qo‗llanilmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatini tuzish chog‗ida aksiyalar birlamchi tarzda ta‘sis hujjatlariga ko‗ra yopiq usulda joylashtirilgan deb hisoblanadi. Bunda aksiyadorlar o‗zlariga tegishli aksiyalari qiymatining kamida 30 foizini to‗lashlari lozim. Qolgan qismni esa kamida bir yil davomida to‗lashlari talab etiladi (agar Ustavda boshqa qisqaroq muddat ko‗rsatilmagan bo‗lsa).
Qo‗shimcha aksiyalar esa ochiq yoki yopiq usulda yoki ikkala usul kombinatsiyasi asosida joylashtirilishi mumkin.
Yopiq usulda qo‗shimcha chiqarilgan aksiyalar qo‗shimcha kapital kiritish, dividend hisobiga, jamiyatning o‗tgan yillarda taqsimlanmagan foydasi evaziga joylashtirilishi mumkin.
Bunda jamiyat ustav fondini oshirish to‗g‗risida qaror qabul qilinishi vaqtida (qo‗shimcha kapital kiritilishi holidan tashqari) qo‗shimcha chiqarilgan aksiyalarni yopiq usulda joylashtirish chog‗ida oshirilgan ustav fondi summasi jamiyatning sof aktivlari va ustav fondi (rezerv fondini hisobga olgan holda) tafovutidan oshmasligi shart.
Emissiya risolasini ro„yxatdan otkazish

Qimmatli qog‗ozlarni chiqarish ularning emissiya risolasini davlat ro‗yhatidan 34
o‗tkazilishini taqazo etadi. Qimmatli qog‗ozlar emissiyasi risolasi vakolatli davlat organi

tomonidan belgilangan muddatda va tartibda ro‗yhatga olinadi (agar emitent tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlar talab darajasida bo‗lsa), natijada unga maxsus davlat raqami biriktiriladi.
Aytilgan tartib obligatsiyalar chiqarish uchun ham taaluqli.

Obligatsiyalar chiqarish faqat jamiyat tuzilishi chog‗ida birlamchi chiqarilgan aksiyalar to‗liq joylashtirilganidan keyin ruhsat beriladi.
Har bir turdagi qimmatli qog‗ozga Milliy identifakatsiya tartib (nomer) raqami beriladi.
Emissiya natijalari togrisidagi hisobot va malumotlarni ochib berish


Har bir emitent qimmatli qog‗ozlarini joylashtirilishi to‗g‗risida vakolatli organga har chorakda va yillik hisobot (belgilangan shakl va muddatlarda) taqdim etishi lozim.
Emitent qimmatli qog‗ozlarini emissiyasi chog‗ida ma‘lum muddatlarda investorlarga qonun hujjatlarida ko‗rsatilgan ma‘lumotlarni belgilangan tartibda ochib berishi talab etiladi.
Davlat qimmatli qog‗ozlarini Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Moliya vazirligi va Markaziy bank chiqaradi.
Qimmatli qogozlarning bozor muomalasi

Davlat ro‗yhatidan o‗tgan emissiyalanuvchi qimmatli qog‗ozlar birlamchi bozorda joylashtirilgan vaqtdan boshlab ularning ikkilamchi bozor muomalasi boshlanadi. Ikkilamchi bozorda faqat qimmatli qog‗ozlarning egalari o‗zgaradi va bu jarayonning maxsus investitsiya institutlari va emitent reestri tomonidan hisobi yuritiladi.
Qimmatli qog„ozlarni so„ndirish(muomaladan chiqarish) Qimmatli qog‗ozlar qonunda belgilangan tartibda so‗ndiriladi. Aksiyalar quyidagi hollarda muomaladan chiqarilishi mumkin:
- aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi qaroriga asosan emitentning tugatilishi holida;
- jamiyatning reorganizatsiya (qo‗shilishi, ajralishi, birlashishi, qayta tashkil etilishi) qilinishi holida;
35
- qimmatli qog‗ozlarni maydalanishi, yiriklashtirilishi, qaytarib sotib olishishi,

konvertatsiyalanishi hollarida;

- sud qarori bilan jamiyatni tugatilishi holida;

- agar jamiyat Ustavida qimmatli qog‗ozning muomala muddati cheklangan bo‗lsa.


Emissiyalanuvchi qimmatli qog‗ozlarning so‗ndirilishi ularni belgilangan tartibda annulyatsiya va yo‗q qilish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Davlat qimmatli qog‗ozlari davlat tomonidan belgilangan tartibda muomaladan chiqariladi.
Qimmatli qog‗ozlarni so‗ndirilishi to‗g‗risidagi komissiya hujjati asosida ular davlat reestridan chiqariladi.

Yüklə 235,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin