9.O`quvchilarni dars jarayoniga qiziqtiruvchi didaktik o`yinlaridan foydalanish
Boshlang`ich ta’lim didaktikaning asoslari Shvetsariya pedagogi I.G.Pestolotsi asarlarida ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari rus didaktikasining atoqli namoyondasi K.D.Ushinskiy bo`lgan. U ham o`qitish masalalarini chuqur psixologik asosini yaratdi. O`zbek xalqi orasida ham H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi pedagoglar yetishib chiqdi.
Ular ham o`zbek xalq maktablarini ochish, o`quvchilarga darsliklar yozish kabi ishlarni davom ettirdilar. Didaktikaga asoslangan holda biz o`quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to`g`ri va muvaffaqiyatli o`tish uslubini ham to`g`ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni ko`rgazmali va texnika vositalari bilan o`tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga boy o`tadi. O`qituvchi izlanuvchan bo`lishi, darslarni rang-barang usulda o’tishi kerak.Dars qiziqarli o`tishi uchun faqat ko`rgazma qurollardan foydalanib qolmay, o`yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim.
O`yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang`ich sinf o`quvchilariga mo`ljallangan. Ular bu yoshda o`yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati tarqoq bo`ladi. O`yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari yosh bo`lgani uchun ularga sodda tilda tushunarli holda bilim berish va darslarda o`yin elementlaridan foydalanish lozim. Bola hayotining asosiy qismi o`yin bilan o`tadi. O`yinlar faqat didaktik vosita bo`lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o`yinning nozik tomonlarini egallamay turib, o`yin faoliyatini boshqarishini o`rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz. Tilni o`rganish o`quvcilar zehni, aqli, ongi, madaniy darajasini oshiradi va tilni puxta o`rganmay turib, boshqa fanlarni o`zlashtirish qiyin. Chunki har bir predmetni ifodalash, bolaga o`rgatish hamisha so`zlar vositasida amalga oshadi. O`yin orqali bola faoliyati mukammallashadi, ularni jismonan rivojlanishiga yordam beradi. O`yin jarayonida qiyinchiliklarni, to`siqlarni yengishga o`rgatib boradi.
O`yin bolalar faoliyatining asosiy turi. Bola o`yin orqali materiallarning ko`rinishi, rangi, tuzilishi turli o`simlik va hayvonot olamidagi o`zgarishlarni anglaydilar.
O`yin- bu bolalar uchun o`qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, darsning asosiy qismini o`yin darsiga aylantirib qo`ymaslik lozim.
Bola hayotining asosiy turi o`yindir. “Bola uchun o`yin voqelik”- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, binobarin, tevarak atrofdagi voqelikdir. U bolaga xususan tushunarli bo`lgani uchun qiziqdir, o`yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o`zi yaratgan narsa bor. Bolalarning o`yin faoliyati maktabgacha yoshda paydo bo`lib, o`z taraqqiyotida oddiy taqlid qilishdan murakkab rolli o`yinga qadar bo`lgan yo`lni bosib o`tadi, bu o`yin dastlab kishilarning predmetlar bilan bog`liq faoliyatini, so`ngra o’ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi. O`yin o`sib borayotgan bola organizmining zaruriy ehtiyojidir va u orqali bolalarda tashkilotchilik ko`nikmalari tarbiyalanadi. Ammo o`yin har qanday sharoitda ham o`yindir. Shunday o`yinlar ham borki, ular bolalarga mustaqillikni, oddiylikni, bir- biriga yordam berish hissini tarbiyalaydi. Yan Amos Kamenskiy Grammatik o`yinlardan sistemali foydalanishning ahamiyati xususida gapirib, bunday deb yozgan edi: “Bola sog`lom bo`lishi uchun u doimiy harakatda bo`lishi zarur, shundagina o`yin qiziqarli o`tadi. O`yinga rahbarlik qilish va bolalarning hatti-harakatlarini doimo kuzatib turishi kerak. Chunki bolalar o`yin jarayonida har tomonlama tarbiyalanadilar. Psixologik olimlar o`yinlarni to`rt guruhga bo`ladilar:
1. Funksional o`yinlar. Bu o`yinlar bola organizmining har tomonlama rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Bu kichik yoshdagi bolalar uchun harakterli bo`lib, unda bolalar nima bilandir shug`ullanadilar, turli predmetlar bilan tanishadilar.
2. Qoidali o`yinlar. Bu o`yinlarda bolalar tevarak-atrof va muhitdagi voqealardan habar topib, idrok etish bilan kifoyalanadi.
Bunda ko`rish, eshitish, his qilish kabi sezgi organlari idrok qiladi. 3. Rolli o`yinlar.
Bu o`yinda bolalar o`zlarini ma’lum bir rolini, qandaydir kasb egasi (shifokor, o`qituvchi, quruvchi kabi) vazifasini bajarayotgandek his etadilar. Har bir bola o`ziga tegishli rolni muvofaqiyatli bajarishga harakat qiladilar.
4. Konstruktorli o`yinlar. Bu o`yinning asosiy mazmuni qurilishi komplekslari, taxta, qum, qog`oz materiallarining parchalarini qirqish, taxlash singari mehnat ko`nikmalarini hosil qilish kabilardan iboratdir. Konstruktorli o`yinlar asosan ikkiga bo`linadi. Ijodiy o`yinlar bolalar o`zlari o`yinning mazmunini, maqsadini, qoidasini topadilar. Ijodiy o`yinlarning asosiy qismini syujetli rasmli o`yinlar tashkil qiladi. Ijodiy o`yinlardan yana biri dramatik o`yindir. O`yinning mohiyati hikoya va ertaklardagi voqealarning mazmunini tasvirlashdan iborat bo`lib, ularda badiiy adabiyotlardagi persanajlar tasvirlanadi. Qoidali o`yin. Huddi xalq o`yinlari singari qiziqarli bo`lib, unda bolalar hayoti, o`z tengqurlari va kattalarning mehnat faoliyatini tasvirlashga harakat qiladilar. Demak, barcha turdagi o`yinlar bolalarning kattalar faoliyatiga qiziqishlariga, ularga taqlid qilishiga intilishlarining mehnati va oilaviy hayotini, uchuvchilar, kosmonaftlar, dengizchilar hamda boshqalarning qahramonliklarini aks ettiradi.
Ko`pchilik o`yinlarda didaktik o`yinchoqlar va bunga bevosita a’loqador bo`lgan boshqa qo`llanmalar foydalaniladi. Didaktik o`yin jarayonida shunday holatlar ham tez-tez bo`lib turadiki bolalardagi eng yaxshi kayfiyat birdan sho`xlik, notinchlik va intizomsizlik bilan ham almashib qoladi. Bunday paytlarda o`qituvchi ayrim bolalarga tanbex berishga majbur bo`ladi va bu boshqarning o`yin kayfiyatini shubhasiz tushiradi. Agar shunday vaziyat sodir bo`lsa ham o`yin qoidasi bilan birga qo`shib tushuntirsa metodik jihatdan to`g`ri bo`ladi.
Individual didaktik o`yin o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida bevosita munosabat yaratishga va bolalarning orqada qolishi sabablarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Bunda o`ituvchining quyidagi kabi mantiqiy topishiriqli o`yin mashqlarini o`tkazishi maqsadga muvofiqdir.
Bolalarga o‘yinni o‘rgatishdan muayyan ta’limiy maqsad nazarda tutiladi. O‘yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. O‘yin o‘tkazilish shakllari va usullari ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi. Didaktik o‘yin usullari cheksiz, takrorlash va o‘zgartirish, unga turli yangiliklar kiritish imkoni bor. Masalan, biz “Jimjitlik” o‘yinining 5-7 xilini butun sinf bilan hamda ayrim bolalar bilan 10 martadan ko‘proq takrorlab o‘tkazdik, “Nima o‘zgardi?” turidagi o‘yin 5 xil turli ko‘rsatmali material bilan o‘tkazildi. Natijada o‘yin malakalarining bir xilda va mustahkam bo‘lishiga hamda o‘yinning har bir qoidasini tinglay bilish va unga rioya qilishiga erishish imkonini beradi. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Didaktik o‘yinlar o‘zining shakli jihatidan, asosan, bog‘chada o‘ynaladigan ijodiy o‘yinlardan ham, o‘qituvchi o‘zi hikoya qilib berish yo‘li bilan tushuntiradigan va o‘quvchilarni birma-bir so‘rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o‘yinlardan ham bir tomonlama farq qiladi. Didaktik o‘yinlar o‘qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g‘olib chiqish maqsadida jon-dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o‘yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsadi va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlar ta’limning ko‘rgazmaliligi, o‘qituvchining nutqini va bolalar harakatini o‘z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko‘rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug‘iladi. Bu esa o‘qituvchining aytganlarini bolalarning o‘ylab olishiga va aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik o‘yin qoidalarini o‘zlari bajarishlariga undaydi. Didaktik o‘yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari o‘quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o‘yin vaqtida zo‘r qiziqish bilan harakat qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |