Yamoq vositasi ing Patch tool Tasvir muharririda asosan tasvirning ma’lum joylarini
tasvirning boshqa joyidagi material yordamida tiklash uchun
foydalaniladi.
Piksel ing Pixel Kompyuter ekranida yorug‘lik beruvchi eng kichik maydon
yoki nuqta. Ushbu nuqtalar yig‘indisi turli rangda tus olib,
ekranda tasvir hosil qiladi.
Sujet ing Plot Hikoyaning mazmuni.
Printerdan chiqarishdan oldin ko‘rish ing Print preview Hujjat printerdan chiqarilganda qanday ko‘rinishini oldindan
ekranda ko‘rib olish.
Profile Builder (Dasturiy Ta’minot nomi) ing Profile Builder Parametrlar yordamida modellashtiruv uchun qo‘llaniladigan
dasturiy ta’minot.
Proporsiya ing Proportions Qismlarning bir-biriga simmetriyasi yoki butun hajmi bo‘yicha
nisbati.
Maqsad ing Purpose 1. Biror hujjat yoki material yaratish sababi;
2. Taqdimotning yaratilish sababi, masalan, mahsulotni
reklama qilish.
Rastrli tasvir ing Raster Piksellardan tashkil topgan tasvir turi. Odatda bunday tasvir
fayllari .BMP, .GIF, .JPEG, .PNG va .TIFF fayllardir
Tasvir o‘lchamini o‘zgartirish ing Resize Tasvirni eni va bo‘yi bo‘yicha kattaroq yoki kichikroq qilish.
Tasvir o‘lchami ing Resolution Ekran maydoni o‘lchami. Odatda piksel o‘lchov birligi
qo‘llaniladi, eni (W) va boyi (H) bilan belgilanadi. Masalan,
640x480, 1920x1080, 3840 x 2160 va h.k.
Oldingi versiyaga tiklash ing Revert Fayl yoki hujjatning eski versiyasiga qaytish.
Aylantirish ing