Multimediadan maqsadli foydalanish
Bu modulda quyidagilarni oʻrganasiz:
1
Taqdimot
uchun reja tuzish
2
Tegishli manba materiallarini aniqlash va tanlash
3
Oʻtishlar va animatsiyalarni qoʻshish
4
Vaqtl, audio va trigger effektlarini qoʻshish
5
Auditoriyaning aniq tushunishi
va maqsadini inobatga olish
Bu modulda yuqori sifatli raqamli multimedia taqdimotlarini yaratishda sizga yordam beruvchi
muhim ko‘nikmalarni rivojlantirasiz. Bunday yuqori sifatli taqdimotlarni
yaratishni bilish turli
kasblar uchun foydali bo‘ladi. Ulardan ishxonangizda amalga oshirgan tadqiqotingiz natijalarini,
yil davomidagi savdo koʻrsatkichlarini yoki kompaniyangiz uchun yangi gʻoyani
taqdim etishda
foydalanishingiz mumkin.
Taqdimotlar yaratishda ahamiyat beriladigan ikkita muhim narsa quyidagilar:
1.
auditoriya (taqdimotni tomosha qiluvchi insonlar);
2.
maqsad (taqdimot axborot
beruvchi, koʻrsatma beruvchi, koʻngilochar yoki uchalasi birgalikda
boʻlishi).
Siz tanlaydigan kontent va formatlash buyruqlari tegishli auditoriya
va taqdimot maqsadlari
uchun mos boʻlishiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Siz foydalanadigan har qanday effekt,
jumladan, animatsiyalar va slaydlarning oʻtishlari auditoriya va maqsadlarni
inobatga olgan holda
yaxshi oʻylangan boʻlishi kerak.
Bu modulda Microsoft PowerPoint yordamida siz yaratmoqchi boʻlayotgan multimedia
taqdimotining axborot manbasi hayvonot bogʻi hisoblanadi. Koʻpchilik hayvonot bogʻlari,
muzeylar, galereyalar va istirohat bogʻlari qiziqarli va muhim
axborotlar olishda axborot
manbasiga aylangan.
Bundan tashqari quyidagilarni ham oʻrganasiz:
Dostları ilə paylaş: