Matnli hujjatdan maqsadli foydalanish
Bu modulda quyidagilarni oʻrganasiz:
1
Muayyan maqsadga mos keladigan
matn yaratish va uni
formatlash
2
Grafika yoki boshqa elementlarning hujjat ichida toʻgʻri
joylashishini ta’minlash uchun sozlash
3
Hujjatga jadval qoʻshish
4
Kengaytirilgan formatlash xususiyatlaridan foydalanish
5
Sahifani formatlash parametrlaridan foydalanish
6
Muayyan auditoriya
uchun sahifalarni formatlash
Ushbu modulda oʻzingizning yakuniy loyihangizda yordam beradigan aniq maqsadlar uchun
hujjatlar yaratish boʻyicha koʻnikmalaringizni rivojlantirasiz. Loyihaning
maqsadi maktabning
internetdan foydalanishga oid qoʻllanmasining koʻrinishini yaxshilashdir. Qoʻllanma maktabdagi
internet orqali tashkil etiladigan tadbirlardan birida foydalaniladi.
Shuning uchun uni yaxshi
ko‘rinishda taqdim etish kerak.
Buni amalga oshirish uchun aniq va yaxshi dizaynga ega hujjatlarni yaratishda foydalaniladigan
zamonaviy formatlash usullari kerak. Modul orqali siz hujjatni
auditoriyangiz uchun yanada
jozibali taqdim etish uchun siz ham matnni, ham sahifani formatlashni oʻrganib olasiz.
Bunday
formatlashga hujjat ichiga jadvallar va belgili ro‘yxatlarni joylashtirish kiradi.
Shuningdek, quyidagilarni ham bilib olasiz:
Dostları ilə paylaş: