Kitob ma’lumotlarini yig‘ish formasi 4. Agar bu shakl boshqalar tomonidan to‘ldirilsa, nima qilish kerakligini aytib berish uchun
(qisqacha) annotatsiya qismini yozing.
Masalan,
Iltimos, ushbu formani kitoblaringizdan biri uchun to‘ldiring. Ajratilgan bo‘sh joylarga so‘ralgan
ma’lumotlarni yozing.
5. Birinchi maydon nomini yozing. Uning yoniga javob yozish uchun bo‘sh joy kerak bo‘ladi. Bu
kvadrat shakli yoki nuqtalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Masalan,
Kitob nomi
yoki
Kitob nomi: ……………………………………………………………………………………
6. Ikkinchi maydonni keyingi qatorga yozing (yozuvi kattaroq bo‘lgan insonlar uchun qo‘shimcha
bo‘sh joy qoldirishingiz mumkin).
7. Barcha maydonlar tayyor bo‘lguncha davom eting.
Maxsus maydonlar 1. Agar sizda variantlari mavjud bo‘lgan maydon bo‘lsa, ulardan birini tanlashlarini so‘rashingiz
mumkin. Masalan,
Kitob janri (doirasi): Drama / Triller / Jinoyat / Jangari / Komediya / Boshqalar
2. Agar sizda ma’lum ma’lumotlarga kiritish kerak bo‘lgan maydon bo‘lsa, masalan, sana yoki
10 xonali raqam, unda siz ushbu bo‘shliqlarni yoki ko‘rinishni chiziqlar yordamida
ko‘rsatishingiz mumkin.
Masalan,
Tug‘ilgan sana: ….. ….. / ….. ….. / ….. …..
ISBN: ….. ….. ….. ….. ….. ….. ….. ….. ….. ….. ….. ….. …..
Endi foydalanuvchilar ma’lumotlar qanday bo‘lishi kerakligini biladi va har bir bo‘sh joyda bitta
raqam yozishi mumkin.
Formada barcha ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa, uni sinab ko‘rishingiz kerak. Formaning bitta
nusxasini chop eting va unga misol tariqasida qandaydir (haqiqiy) ma’lumotlarni yozing.
O‘zingizga quyidagi savollarni bering:
• Bo‘sh joy yetarli bo‘ldimi?
• Biror narsa qolib ketmadimi?
• Formadan foydalanish oson bo‘ldimi? Nima qilish kerakligi haqida ba’zi bir ko‘rsatmalar
qo‘shishni xohlaysizmi?
Agar formani o‘zgartirishingiz kerak bo‘lsa, o‘zgartiring. O‘zgarishlarni amalga oshirib, keyin
uni qayta sinab ko‘ring. Yangi nusxasini chop eting va sinovdan o‘tkazing. Siz buni xohlagancha
takrorlashingiz mumkin. Asosiysi, yaratilgan forma to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
Taqdimotingizni
yaxshiroq qilib
o‘zgartirmoqchi
bo‘lsangiz,
shaklingizga tasvirlar
qo‘shishingiz
mumkin. Faqat
ularning mavzuga
doir ekaniga
ishonch hosil
qiling - ular butun
sahifani egallamasligi
kerak, aksincha,
ma’lumotlar
muhimroqdir.