7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari



Yüklə 38,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/115
tarix17.09.2023
ölçüsü38,76 Mb.
#144556
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115
7-sinf Informatika yangi darslik @e baza ishreja

Shriftni formatlash
Katakni bir marta bosganingizda shrift turi va o‘lchami kabi formatlarni o‘zgartirishingiz mumkin.


82
Shriftni qalin, qiya va tagiga chizilgan qilib qoyishingiz, shrift rangini oʻzgartirishingiz va matnni 
chapdan, markazdan yoki o‘ngdan tekislashingiz mumkin.
Katak fonining rangi
Agar katak fon rangini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, katakni bir marta bosing. 
Bo‘yash uskunasi (chelakcha) yonidagi strelka belgisini bosing.
Keyin rangni tanlang.
Katakning chegarasi
Siz alohida katakka yoki kataklar guruhiga chegara qo‘shishingiz mumkin.
Har bir alohida katak atrofida chiziqlar qo‘yish uchun bitta chegarani yoki All Borders buyrug‘ini 
tanlang.
Shuningdek, siz chegara chizig‘ining rangini (Line Color) va chegara chizig‘i turini (Line Style) 
o‘zgartirishingiz mumkin.


83
3
Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
Ushbu buyruq tanlanganda qalamcha belgisi paydo bo‘ladi. Chiziqlar chizmoqchi bo‘lgan 
qirralaringiz ustiga sichqonchaning chap tugmachasini bosishingiz kerak bo‘ladi.
7.1-mashg‘ulot
Ultimate League elektron jadvaliga tegishli sarlavha qo‘shing. Sarlavhangiz quyida 
talablarga javob berishi kerak:

shrift matnning qolgan qismiga nisbatan kattaroq o‘lchamda bo‘lishi;

qalin shriftda bo‘lishi;

bir qator kataklar ustida joylashgan bo‘lishi. Ushbu kataklarni birlashtirishingiz kerak 
bo‘ladi.
7.2-mashg‘ulot
Ultimate League
elektron jadvalidagi qolgan yorliqlar va ma’lumotlarning shrift turini 
o‘zgartiring.
Elektron jadvalga mos keluvchi matn turidan foydalaning. Bir xil mavzudan foydalaning va 
har bir katak uchun har xil shrift turi, o‘lchamlari va ranglarini ishlatishdan saqlaning.

Yüklə 38,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin