93
3
Elektron jadvaldan
maqsadli foydalanish
Maqsadni qidirish:
siz
istagan miqdorga
erishish
uchun siz
uchun
qiymatlarni
o’zgartiradigan vosita.
Kalit so‘z
1-mashg ‘ulot
Ultimate League elektron jadvalingizga shartli formatlashni qo‘shing. Ishlangan pul 0 dan
kam bo‘lgan holda, katakchani qizil rangga bo‘yang.
2-mashg‘ulot
Ishlangan pul 0 dan ortiq bo‘lganida, katakchani yashil rangga bo‘yang.
3-mashg‘ulot
Ishlangan pul 0 ga teng bo‘lganida, katakchani to‘q sariq rangga bo‘yang.
2-masala
Maqsadni qidirish
Microsot Excel da “Agar shunday bo‘lsa?” funksiyalari o‘rnatilgan.
Maqsadni qidirish siz
qidirayotgan qiymatni elektron jadvalga aytish imkonini beradi.
Keyin u siz foydalanmoqchi
bo‘lgan qiymatni topguncha elektron jadvalingizdagi qiymatlarni o‘zgartiradi.
Misol uchun, agar siz 1 000 000 soʿm foyda olish uchun ishtirok narxi qanday bo‘lishi
kerakligini
bilmoqchi bo‘lsangiz, u daromad 1 000 000 soʿm bo‘lgunga qadar ishtirok to‘lovini o‘zgartiradi.
1.
Data
bo‘limida
What-If Analysis
tugmasini bosing.
2.
“Maqsadni qidirish” (‘Goal Seek’) tugmasini bosing.
3.
“Katakchani o‘rnatish” (Set cell) tugmasining o‘ng tomonidagi tugmani bosing.
4.
Siz qiymat o‘rnatmoqchi bo‘lgan katakchani bosing.
Siz daromad 20 000 000 soʿm bo‘lishini xohlaysiz. Buning uchun B15
tugmachasini, so‘ngra
yana “Katakchani o‘rnatish” (‘Set cell’) tugmasini bosing.
5.
“Qiymatga yetkazish” tugmachasi yoniga kerakli qiymatni kiriting.