1. Maʼlumotlar bazangizni Microsoft Access dasturida oching. Forma yaratish uchun sizda
allaqachon jadval yaratilgan boʻlishi kerak.
2. Create menyu oynasini oching.
3. Form Wizard tugmasini bosing.
4. Ochiluvchi roʻyxatdan jadvalingizni tanlang.
5. Juft strelkani bosing. Shunda barcha maydonlar belgilanadi. Barcha maydonlar oʻng tarafga
o‘tadi.
6. Next tugmasini bosing.
Data entry form: maʼlumot kiritishda
ishlatiladigan qulay
forma.
Kalit so‘z 6-amaliy ko‘nikma
111 4 Ma’lumotlar bazasidan maqsadli foydalanish
Navigatsiya tugmalari: sizni
turli yozuvlarga
olib oʻtuvchi shakl
tugmalari
Kalit so‘z 7. Keyingi oynada “Next” (Keyingisi) tugmasini bosing (“Columnar” (Ustunlar) tanlanishi kerak).
8. Shaklga mos nom bering.
9. “Finish” (Tugatish) tugmasini bosing.
Shaklingiz ekranda ochiladi. Endi shaklni tahrirlashingiz mumkin. Qanday qilishni ko‘rish uchun
Masalalar qismidagi 2-mashg’ulotga o‘ting.
Navigatsiya tugmalari yordamida yozuvlar o‘rtasida harakatlanish hamda yangi yozuv yaratish
mumkin.
Agar maʼlumotlar bazasiga yozuv qoʻshmoqchi boʻlsangiz, matn maydonlarida mavjud boʻlgan
matnlarni oʻzgartirmang.
Create a new record tugmasini bosing. Natijada sizga yangi boʻsh forma ochiladi. Endi
maʼlumotlarni kiritishingiz mumkin.
112 6.1-mashg‘ulot “Ultimate League Players” jadvalingiz uchun maʼlumot kiritish formasini yarating. Unga mos
nom bering. Masalan, “Oʻyinchilar” deb nomlang.