Yorliq ing Label Biror obyektga berilgan nom.
LAN, Lokal tarmoq ing LAN (Local area network) Bir bino yoki yonma-yon binolarga o‘rnatilgan tarmoq
qurilmalarni bog‘lovchi kompyuter tarmog‘i.
Leyaut ing Layout (graphic design) 1. Biror tasvirni konturlar (tashqi chiziqlar) yordamida chizib
olish;
2.
Grafik obyektlarni tegishli o‘rinlarga joylashtirib olish;
3.
Maket, ma’lum obyektning loyihalashtirilgan tavsifi yoki
chizmasi.
Uzliksiz ta’lim ing Life-long learning Insonning o‘z hayoti davomida doimiy, ixtiyoriy va o‘z xohishi
bilan shaxsiy yoki kasbiy sabablarga ko‘ra bilimga intilishi. Bu
doimiy ravishda mustaqil tarzda o‘zini rivojlantirish.
Satrlar oralig‘i ing Line space Har bir satr orasidagi bo‘shliq. Matn bilan ishlash dasturlarida
“1 satr”, “1,5 satr” kabi jumlalardan foydalanilganda, ikki satr
orasiga yana necha baravar satr sig‘adigan bo‘shliq qolishi
tushuniladi.
Ro‘yxat ing List Bir-biriga bog‘liq yoki o‘zaro bog‘langan elementlar ketma-
ketligi.
Lokal saqlash ing Local storage Fayl va ma’lumotlarni kompyuterning diskida saqlash.
Hoshiya ing Margin Hujjat matni va varaq cheti orasidagi bo‘shliq. Odatda,
standart matnli hujjatni A4 varag‘ida chop etish uchun
hoshiyalar quyidagicha belgilanadi. Tepa, past, chap
hoshiyalar - 20 mm, o‘ng hoshiya - 10 mm.
Savdo jozibadorligi ing Marketability Mahsulot va xizmatlar mijozlarni jalb qila olishi va reklama
qilinishiga tayyorligi.
Ommaviy axborot manbai ing Media source bu keng, jamoatchilik auditoriyasi bilan aloqa qilish uchun
xizmat qiladigan har qanday manba. Masalan, televideniye,
radio, yangilik saytlari va b.